Популярные узбекские песни.
Страница 58

Группа вконтакте

Pop

Pop (популярная музыка) — область массовой культуры, охватывающая различные формы, жанры и стили развлекательной и прикладной музыки
  • Yayrab ketar qalbim seni ko’rganda, Ko’zlaring nogoh bir nazar solganda. Qani endi bir zum yoningga borib, Qalbimdagi sevgim oshkor etsamda. Borarsan ortingdan yo’ling poylayman, Ko’zlarimning nuri, qorasi sensan. Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan, Bu yarador yurak davosi sensan. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman. Oromim yo’q, sabrim bormoqda to’lib, Sen bosgan yo’llardan maysalar o’sar. Bilmayman qaylarda kezarsan o’zi, Sevgimni yuraging, ayt, qachon sezar? Qaydasan, yo’lingda intizoringman, Ko’zlarimning nuri, qarosi sensan. Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan, Bu yarador yurak davosi sensan. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman.
  • Sening nigohing kõrishim og'ir Unutaolmayman sevgisz bõsh bizning umr Õtb ketadi ushanda men õylardm Sensiz yasha olmayman Qanchalar hafamas edim Sen men tomonga bir qadam tashla Sevgimizni doim yurakda asra Sen men tomonga bir qadam tashla Yonimga qayt yonimga qayt Sen yonimdasan Yorim tunu kun Biz birga bõlsak Yashnaydi bu dunyo butun Men sevgim uchun borligimni berardim Faqat sen kerak menga Buni hozir men angladim Sen men tomonga bir qadam tashla Sevgimizni doim yurakda asra Sen men tomonga bir qadam tashla Yonimga qayt yonimga qayt
  • Ne bo'ldi demay, dardim to'kmay, Anig'i ko'rgim keladi shunday. Zor etma unday, kunduz-tunday Seni kim seva oladi menday?! Ko'ngil darmonim, qora ko'zli yorim, Yodingda turay... Samo-samodan selday ustingga Ustun yog'ila-a-ay yog'ila-a-ay Qalbingga oqib senga yarashgan Mamnun yor bo'la-a-ay yor bo'la-a-ay Samo-samodan-dan-dan, a-a-ay. Samo-samodan-dan-dan, a-a-ay. Armonda so'zlay, ohim urmay Mayli ozoringga ham ko'nikay. Darmoning bo'lay, dilda yashay Ayyorim yolg'oningga men ishonay. Ko'ngil darmonim, qora ko'zli yorim, Yodingda turay... Samo-samodan selday ustingga Ustun yog'ila-a-ay yog'ila-a-ay Qalbingga oqib senga yarashgan Mamnun yor bo'la-a-ay yor bo'la-a-ay Samo-samodan-dan-dan, a-a-ay. Samo-samodan-dan-dan, a-a-ay
  • Negadur yovuz zulmat o'rab olar Vujudim yolg'iz tinmay og'rib borar Bemor qalbimni birma-bir parchalar yolg'onlar Ko'zlarimga boq ko'z yosh, g'urur emas Xayotim sensiz aslo erur emas Yana tinmay yuragimga sanchilar tobe gumonlar Parvoz etay Dardlarimni olib parvoz etay Gumonlardan tonib parvoz etay Sevgimni unutib sendan ketay Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Gohi yaqinsan nega dildan yiroq? Soxta izohlar menga ko'p yaqinroq Qaniydi yulib tashlasam qalbimdan senla sevgimni Borar yo'limni armon yana yutar Yolg'onlaringham qalbim yulib ketar Yashar edim unutib seni deya boru yo'g'imni Parvoz etay Dardlarimni olib parvoz etay Gumonlardan tonib parvoz etay Sevgimni unutib sendan ketay Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) INSTRUMENTAL Parvoz etay Dardlarimni olib parvoz etay Gumonlardan tonib parvoz etay Sevgimni unutib sendan ketay Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey) Parvoz etay (He hey)
  • Bo'ling bir-biringizga siz mehribon, O'z nomiga loyiq bo'lsin inson, (woow) Allohim har on (woow) bo'lsin soyabon. Qadriga ham yeting yaqiningiz, Opa-ukalarmiz shu barchamiz, (woow) O'tkazmang yolg'iz (woow) qisqa umringiz. Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak? Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak? Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog', Etsak vaqtida chog'. Shoshilib yashaysiz mehr uchun, Toki ota-ona hayot butun, (woow) Qalb bo'lsin butun, (woow) topmasin yakun. Sohir bo'lib hech kim bo'lmagan kam, Ayting tez rahmatni o'zgaga ham, (woow) Ayamay yordam, (woow) beraylik har dam. Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak? Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak? Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog', Etsak vaqtida chog'. Woow (woow), woooow... yeey (yeey), yeeeey. Woow (woow), yeey (yeey), yeeeey. Yeey (yeey), yeeeey. Ne bo'lar, ne bo'lar bag'rimizni keng qilsak? Ne bo'lar, ne bo'lar hayot qadrini bilsak? Yoru birodarlar qalbin vaqtida chog', Etsak vaqtida chog'.
  • E o', doimo, e o', bevafo, E o', ne ma'no hayotdan? Go'zal tun, yaqinlashar yorug' kun, Ko'zim yo'lingda termular senga maftun. Ishq taronang, hayotim ham rang-barang, Dilda kuylar, yana yoqimli ohang. E o', doimo-doimo, e o', bevafo-bevafo, E o', ne ma'no, ne ma'no sensiz hayotdan? Kel dilimo, yorug' emas dunyo, Kel dilimo, ou-o, ou-o. Yur dilimo, orzuim et ro'yo, Sen dilimo, ou-o. Tun, yorug' tun, juda go'zal, baxtli kun, Ishq ko'zlarim tinmasdan senga maftun. Sevgi nurli, sog'inchi durli-durli, Sen yonimda, hayotim ham chiroyli. E o', doimo-doimo, e o', bevafo-bevafo, E o', ne ma'no, ne ma'no sensiz hayotdan? Kel dilimo, yorug' emas dunyo, Kel dilimo, ou-o, ou-o. Yur dilimo, orzuim et ro'yo, Sen dilimo, ou-o. (x1+x1+x2) E o', doimo, e o', bevafo, E o', ne ma'no hayotdan?
  • Ayt seni sevmadimmi? Yuragim bermadimmi? Javob ber! Qadringga yetmadimmi? Yo baxtli etmadimmi? Javob ber! Ishonib yuragimni Qo'lingga tutmadimmi? Javob ber! Xatoyim, seni sevib Umidvor kutganimmi? Javob ber! Xazonlar... Birma-bir qalbimni parchalar Armonlar... Tinmasdan bag'rimga sanchilar Yolg'onlar... Tubiga cho'kkan dil bechora Yig'lama! Ishq o'zi shafqatsiz, nachora Ayt seni sevmadimmi? Yuragim bermadimmi? Javob ber! Qadringga yetmadimmi? Yo baxtli etmadimmi? Javob ber! Ishonib yuragimni Qo'lingga tutmadimmi? Javob ber! Xatoyim, seni sevib Umidvor kutganimmi? Javob ber! Javobsiz Savollar tilkalar bag'rimni Yo'qliging Hanuzgacha sinar sabrimni Orzuying Shu edimi aytgin yolg'izim Tobora-tobora Yiroqlarda orzuyim Ayt seni sevmadimmi? Yuragim bermadimmi? Javob ber! Qadringga yetmadimmi? Yo baxtli etmadimmi? Javob ber! Ishonib yuragimni Qo'lingga tutmadimmi? Javob ber! Xatoyim, seni sevib Umidvor kutganimmi? Javob ber!
  • Orzular, qayg'ular Negadir birga yonma-yon turar, Bilmaysan goho qayda baxt, qayda g'am, Yuragim kechiraverar, bu qolar alam. Negadir senga talpinar yurak, Sen esa qaydan ham bilarding? Nima o'zi dard yoki xiyonat, Vujudim tilkalagan betinim hasrat? Egallagan sevgi qafasi, Unda men yolg'izman hamon, Chegarasini ko'rmay ezilar yurak yomon. Mehringni his etay va uzoqlarga ketay, Bir bora tushlarimga endi kel, kel. Yuragim, hislarim Nega sendan voz kecholmas, Nega seni unutolmas? So'zlarim, ko'zlarim Sendan o'zgani ko'rishga, O'zgani sevishga ko'nikmadi. Ko'nikmadim... Nega ko'zlaring meni aldar? So'zlaringda esa o'zga xayollar. Balki yuraging endi mendan kechar, Negadir so'nggi payt shuni o'ylayman faqat. Bo'ysunmas, senga talpinar yurak, Sen esa qaydan ham bilarding? Nima o'zi dard yoki xiyonat, Vujudim tilkalagan betinim hasrat? Mmm, meni bundan halos et, Ikkimizga ham qolmasmu armon? Balki men bunga ko'nikolmadim, ammo Mehringni his etay va uzoqlarga ketay, Bir bora tushlarimga endi kel, kel. Yuragim, hislarim Nega sendan voz kecholmas, Nega seni unutolmas? So'zlarim, ko'zlarim Sendan o'zgani ko'rishga, O'zgani sevishga ko'nikmadi. Ko'nikmadim...
  • Dunyoga keladi inson asli yig'lab Har ne solar boshiga taqdir uni sinab Kulib qarshi oling sinovlarni har dam Har kimning boshida bor ko'z-yosh, dardu alam Bu dunyo o'zi asli yolg'on Kechagi kun biz uchun armon Yashashing o'zi bir baxt erur Har kim qilsa yaxshi niyat Orzuning orti yarim davlat Har lahza ollohim baxt berur Sen orzuinga ishon, taqdiringa ishon Hammasi qo'lingda, hayotinga ham Orzuinga ishon, taqdiringa ishon Ertami kechmi sen baxting topasan... Taqdirimizdagi zulmat qora yo'llar Gar yaxshi niyat qilsak bizga taslim bo'lar Juda go'zal erur aslida bu dunyo Shukronalar aytaylik borimizga hatto Bu dunyo o'zi asli yolg'on Kechagi kun biz uchun armon Yashashning o'zi bir baxt erur Har kimsa qilsa yaxshi niyat Orzuing orti yarim davlat Har lahza ollohim baxt berur Sen orzuinga ishon, taqdiringa ishon Hammasi qo'lingda, hayotinga ham Orzuinga ishon, taqdiringa ishon Ertami kechmi sen baxting topasan Sen orzuinga ishon, taqdiringa ishon Hammasi qo'lingda, hayotinga ham Orzuinga ishon, taqdiringa ishon Ertami kechmi sen baxting topasan
  • Uzoqdan, uzoqdan qarab yondiraverma O'zingga, so'zingga meni zor etaverma Holim shu, dardim shu, yonimdan ketaverma Sog'inch yomon, hayolim sening tomon Qalbimda bor habib, meni yuragimga tabib Qalbimda bor habib, meni yuragimga tabib Dilim bezovtalar, ko'zlaringni axtarib Dilim bezovtalar, ko'zlaringni axtarib Ozor-ozor, jonim menga ozor-ozor, habib Ozor-ozor, yuragimga ozor-ozor, tabib Dilim bezovtalar, ko'zlaringni axtarib Dilim bezovtalar, ko'zlaringni axtarib Yalla! Qalbimda bor habib, meni yuragimga tabib Qalbimda bor habib, meni yuragimga tabib Sog'inib tinim bilmay qiynalar yurak g'arib Sog'inib tinim bilmay qiynalar yurak g'arib Ozor-ozor, jonim menga ozor-ozor, habib Ozor-ozor, yuragimga ozor-ozor, tabib Sog'inib tinim bilmay qiynalar yurak g'arib Sog'inib tinim bilmay qiynalar yurak g'arib Sog'inch yomon, hayolim sening tomon Uzoqdan, uzoqdan qarab yondiraverma O'zingga, so'zingga meni zor etaverma Holim shu, dardim shu, yonimdan ketaverma Sog'inch yomon, hayolim sening tomon
  • Dunyo, dunyo ko'zimga ro'yo, Ko'rinmas sensiz, azizim, netay? Armon, armon abadiy go'yo, Yolg'izlik dardin butkul unutay. His etay shirin sevgingni, Ijozat bergin. Yana his etay sening mehringni, Bir imkon bergin. (huu-wow) Olib ket meni uzoqlarga, Olib ket meni, meni. Olib ket meni armonlardan, Olib ket meni. Jonim, olib ket, jonim, olib ket, Jonim, olib ket, jonim, olib ket. Kunlar, tunlar yo'lingni poylab, Go'yoki hozir olib ketasan. Qayg'u, dardlar qasridan bir kun Butunlay meni yiroq etasan. His etay shirin sevgingni, Ijozat bergin. Yana his etay sening mehringni, Bir imkon bergin. (huu-wow) Olib ket meni uzoqlarga, Olib ket meni, meni. Olib ket meni armonlardan, Olib ket meni. Jonim, olib ket, jonim, olib ket, Jonim, olib ket, jonim, olib ket. His etay shirin sevgingni, Ijozat bergin. Yana his etay sening mehringni, Bir imkon bergin. (huu-wow) Olib ket meni uzoqlarga, Olib ket meni, meni. Olib ket meni armonlardan, Olib ket meni. Jonim, olib ket, jonim, olib ket, Jonim, olib ket, jonim, olib ket. Jonim, olib ket...
  • Ya habibi, ya habibi, Ya habibi eng baxtli inson et meni. Ya habibi, habibi, Ya habibi deyin abadiya seni, Bu yangi tong, bu yangi kun Yangi imkon bu men uchun. Uyg'onib ko'zlarim ko'ra boshlar Na qadar go'zal bu dunyo. Isbotlayman o'zimga men, asosiysi bilginki sen. Hayot sinovlari dars bo'ldi, yengolmadi jonimooo. Ya habibi, ya habibi, Ya habibi deyin abadiya seni. Ya habibi, habibi Ya habibi eng baxtli inson et meni.(2)