Узбекские песни.
Страница 68

Группа вконтакте

  • Daryolarning ul yuzida minoraman deydi, Minoraga suyangan gullolaman deydi. Minoraga suyangan gullolaman deydi. Yarmi chinni, yarmi janon piyolaman deydi, Yor qo'lidan choy olgani uyolaman deydi. Yor qo'lidan choy olgani uyolaman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Daryolarning ul yuzida uylaringiz deydi, Oqarishib ko'rinadi bo'ylaringiz deydi. Oqarishib ko'rinadi bo'ylaringiz deydi. Shohimidi, atlasmidi kiyganingiz deydi, Bizlardanam ortiqmidi suygangiz deydi. Bizlardanam ortiqmidi suygangiz deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi. Mutti-mutti deydi, Ketuttiman deydi. Orqasidan chaqirsam, Keluttiman deydi.
  • Sog'inib-sog'inib, izlab har kun Seni xayolimda dildan yaratib To abad, to abad baxtli etib Seni hayotimga berdi Allohim Qanchalar go'zal Naqadar shirin Kulganingda zavqliroq Juda baxtlisan Nogahon senga Kulib boqsa qizaloq Farishtasan Chiccita Qadamingdan nur to'lar... Hayotimizda sen bo'lsang Mo'jizasan Chiccita Nigohingdan uyalar... Oy ham, erkalanib boqsang Yoqimtoy, shirintoy asalim Senla baxtli hayot bepoyon Osmon bo'lar musaffo, osmon Senla dunyo go'zaldir har on Qanchalar go'zal Naqadar shirin Kulganingda zavqliroq Juda baxtlisan Nogahon senga Kulib boqsa qizaloq Farishtasan Chiccita Qadamingdan nur to'lar... Hayotimizda sen bo'lsang Mo'jizasan Chiccita Nigohingdan uyalar... Oy ham, erkalanib boqsang Qanchalar go'zal Kulganingda zavqliroq Juda baxtlisan Kulib boqsa qizaloq Farishtasan Chiccita Qadamingdan nur to'lar... Hayotimizda sen bo'lsang Mo'jizasan Chiccita Nigohingdan uyalar... Oy ham, erkalanib boqsang
  • Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar, Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar. Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan, Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan. Men sen uchun bir qo`g`irchoq edim xolos, Yaqinlarim ham sezgani bo`ldimi rost? Hammadan kechib, bir seni tanlagandim, Endi afsuslar menga bo`ldimi do`st? Yana yomg`ir, naqadar og`ir… Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar, Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar. Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan, Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan. Kerak emas, barin qaytadan boshlama, ket, Yetadi qiynalganim shuncha, bo`ldi kech. Allaqachon sensiz yashashni o`rgandim, Sen xohlagandek endi bo`lmayman hech. Yana yomg`ir, naqadar og`ir… Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar, Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar. Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan, Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan. Yana yomg`ir, naqadar og`ir… Qara, bugun yomg`ir ko`z yoshimga o`xshar, Sherik bo`lib yig`lab, yurak-bag`rim qaqshar. Sen buni bilmaysan, aslo o`ylamaysan, Lekin kuni kelib qadrimga yig`laysan. (x2)
  • Xayolimga kelmagan bu Kunlar bizni etmoqdalar harob Yetti uxlab ko'rmaganman bu Tushlarim o'ngga aylandi shu on Nima bo'lsa bo'lsin mayli Tugasa ham sevgi sayli O'y-ruhan bo'lsa hamki baxtli Birgamiz abadiy Balki bu taqdir ishi Balki bu baxtning qishi Balki keladi takror O'sha biz kutgan bahor Balki qoldik yanglishib Balki bu yolg'onchi kun Balki bu ertak yoki afsun Unutilib bu bari Balki bo'larmiz hali biz Layli-Majnun Tugaguncha bor umrimiz Har on taqdir sinovidadirmiz Bahor yozin kuzatib kuz To'kar baxt bog'iga xazon afsus Oz bo'lsa ham birga baxtli Kunlar o'tdi muhabbatli Garchi ruhan bo'lsa hamki Birgamiz abadiy Balki bu taqdir ishi Balki bu baxtning qishi Balki keladi takror O'sha biz kutgan bahor Balki qoldik yanglishib Balki bu yolg'onchi kun Balki bu ertak yoki afsun Unutilib bu bari Balki bo'larmiz hali biz Layli-Majnun Balki bu taqdir ishi Biz Layli-Majnun
  • Bemano kunlar hijronli tunlar yurak seni sog'inar... Bemano kunlar bedavo dardlar yuragimni ezar... Necha bor yondim necha bor kuydim yuragimni senga berib... Seni tark etdim sevgimdan kechib men uzimni uzim qiynayman... So'ra so'ra yuragim so'ra hayotim so'ra... So'ra so'ra qalbimni so'ra borimni so'ra... O'ylarimda sen ko'zlarimda sen har bir bosgan izimda... Yurak ham ko'nib g'aflatga to'lib yolg'iz seni sog'inar... Necha bor yondim necha bor kuydim yuragimni senga berib... Seni tark etdim sevgimdan kechib men uzimni uzim qiynayman... So'ra so'ra yuragim so'ra hayotim so'ra... So'ra so'ra qalbimni so'ra borimni so'ra... yana so'ra... So'ra yuragim so'ra yuragim so'ra hayotim so'ra... So'ra so'ra qalbimni so'ra borimni so'ra...
  • Ovutay yuragingni men Ovunay erkaliklar qilib Yonma-yon... Parvozda qanotlar Orzularga yetaklar Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz Sevgimiz... Bo'lsin abadiy Sevgimiz abadiy Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga Erkalay, ko'zlaringni yum Erkala, mo'jizaviy bu tun Yonma-yon... Tiniq bu orzular Shabnam kabi beg'ubor Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz Sevgimiz... Shunday abadiy Bo'lamiz abadiy Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga Kabutar misol birga-birga Oppoq bulutlar birga-birga Havas qilishar bizga-bizga Samolar uzra birga-birga
  • Imagine there's no heaven, it's easy if you try, no hell below us, above us only sky. Imagine all the people, living for today yu-huh. Imagine there's no countries, it isn't hard to do, nothing to kill or die for, and no religion too. Imagine all the people, living life in peace yu-huh. You may say I'm a dreamer but I'm not the only one I hope some day you'll join us, and the world will be as one. Imagine no possessions, I wonder if you can, no need for greed or hunger, a brotherhood of man. Imagine all the people, sharing all the world yu-huh. You may say I'm a dreamer ...
  • Bunchalar ham go'zal ekan Kechalarda bu chamanzor Meni deb sen bo'lsang bedor Meni o'ylab ko'zlaring ham Yo'llarimda bo'lsalar zor Meni sevsang, yor beozor Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Necha bor sen sevganingni Aytaversam dilga yoqar Izlarimga gullar yog'ar Ko'zlarimga bu hayotni Sevgi huddi ertak aylar Buncha sirli bu lahzalar? Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel
  • Quyoshli kunlar o'tar Qushlar ham uchib ketar Bizning quyoshli damlar Nahot bizni tark etar Quyoshli kunlar qaytar Qushlar ham uchib kelar Qaytarmikan o'shanda Bizni quyoshli paytlar O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. Uchrashmasak hamki, Ko'ngillar yaqin Uchrashganda jonim, Ko'zlarda chaqin Ychrashmasak hamki, dil uzib bo'lmas Uchrashganda jonim, qo'l cho'zib bo'lmas O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi.
  • Yonsa tinmay tungi yulduzlar Yonsa tinmay sevgan bu ko'zlar Qolsa bilmay endi armonlar Yuragimiz birga Kelsa baxtga to'lgan lahzalar Ketsa dildan endi sog'inchlar Bizlar endi sevgi asiri Yor ikkimiz birga Hayotim ichra hayolim bo'lgin Hayolim ichra baxtim bo'lib qolgin Mening yuragimda orzu ichra qanotim bo'lgin Yetsa senga qalbim ohlari O'tsa senla umrim chohlari Qolsa bilmay endi hijronlar Yuragimiz birga Nurga to'lsin yurgan yo'limiz Nurga to'lsin oshiq dilimiz Bizlar endi sevgi asiri Yor ikkimiz birga Hayotim ichra hayolim bo'lgin Hayolim ichra baxtim bo'lib qolgin Mening yuragimda orzu ichra qanotim bo'lgin Hayotim ichra hayolim bo'lgin Hayolim ichra baxtim bo'lib qolgin Mening yuragimda orzu ichra qanotim bo'lgin Hayotim ichra hayolim bo'lgin Hayolim ichra baxtim bo'lib qolgin Mening yuragimda orzu ichra qanotim bo'lgin Hayotim ichra hayolim bo'lgin Hayolim ichra baxtim bo'lib qolgin Mening yuragimda orzu ichra qanotim bo'lgin
  • Dunyo azal-azaldan o'zi shu ekan Quvonch hamda qayg'u yonma-yon yurarkan Yetti yod begonada kutarsan ammo Yaqining xiyonati boshing egarkan Do'stni do'stidan ayirmasin hech Yurak dars etsa agar kech bo'ladi kech Do'sti do'stiga ahdida tursin Yaxshi-yomon kunda ham yonida bo'lsin Vos kechmagin do'stingdan oson Eng yomoni shubha-yu gumon Munosabatlar aro, do'st, do'st Vos kechmagin do'stingdan oson Sinovlarda sinalar inson Besabab ketma ayro, do'st, do'st. Buni hayot deydilar shu ekan taqdir Havas aylar kimdir, hasad qilar kimdir Qadrdoning ko'ngli sof bo'lsa doimo Sadoqat bir lahzaga tark etmas axir
  • Yayrab ketar qalbim seni ko’rganda, Ko’zlaring nogoh bir nazar solganda. Qani endi bir zum yoningga borib, Qalbimdagi sevgim oshkor etsamda. Borarsan ortingdan yo’ling poylayman, Ko’zlarimning nuri, qorasi sensan. Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan, Bu yarador yurak davosi sensan. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman. Oromim yo’q, sabrim bormoqda to’lib, Sen bosgan yo’llardan maysalar o’sar. Bilmayman qaylarda kezarsan o’zi, Sevgimni yuraging, ayt, qachon sezar? Qaydasan, yo’lingda intizoringman, Ko’zlarimning nuri, qarosi sensan. Kecha-kunduz, yorim, xayolimdasan, Bu yarador yurak davosi sensan. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman. Sensiz tor bu dunyo, Sensiz zulmat kunlar, Sensiz ma’nosiz hayot, Sensiz hech yasholmayman. (x2) Sensiz hech yasholmayman.