Песня «тундан тонгача»
исполнителя Алишер Узоков.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Maftunkor, shirin kulgular kimda bor?
U mani yorim, ko`zi xumorim, vasliga devonaman.
Yondirsa mana shu ko`zlar yondirsin,
O`zimga mos, biram tannoz,
Nozlaridan rohatlanib sevaman.

Yorim, qarashlaringga mubtaloman,
Boshqalarga qayrilma.
Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon,
Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x2)

Yuzlab oy kulib, nur sochgan tunlarga,
Go`zal yorimning sehrli nigohini almashmayman.
Ko`rdim rang-barang gulshanda gullarni,
Hamon yolg`iz vafodorim
Bo`ylaridan rohatlanib sevaman.

Yorim, qarashlaringga mubtaloman,
Boshqalarga qayrilma.
Yonimda bo`l, o`zim bo`lay qurbon,
Sani, mani baxtli qilsin Xudoyim. (x4

Другие песни исполнителя:

  • Alisher Uzoqov] Xo`p de, xo`p de! [Nilufar] Xo`p, xo`p. (x2) [Nilufar] Mayli, hamma sirlaringni bekit, Mayli, hamma hunaringni bekit, Zimdan qara, ko`zlaringni bekit, Baribir sevgingni yashirolmaysan. [Alisher Uzoqov] Mendan ohu ko`zingni bekitma, Nozli qarashlaringni bekitma, Shirin kulishlaringni bekitma, Baribir sevgingni yashirolmaysan. (xo`p de, xo`p de) [Nilufar] Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim? [Alisher Uzoqov va Nilufar] Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim, Tilginam bilan dilginam Bitta bo`lsa, aytgin netay? Sog`inib yuragim tez-tez urar, Sevaman seni deb aytgim kelar. Yagonam deb erkalatgim kelar, Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2) [Alisher Uzoqov] Rangi ro`yimni somon etma, Sevgan dilimni vayron etma, Ey, hammaga mani yomon etma, Yo`qotmagin keyin topolmaysan. [Nilufar] Men hali esimdan ayrilmadim, Sizdan begonaga qayrilmadim, Meni qo`rqitib shartlar qo`ymang, O`jar bu ko`ngildan kecholmayman. [Alisher Uzoqov] Voy tilim qursin, nega sevishimni aytdim? [Alisher Uzoqov va Nilufar] Vay, vay, vay, gapni o`ylamay aytdim, Tilginam bilan dilginam Bitta bo`lsa, aytgin netay? Sog`inib yuragim tez-tez urar, Sevaman seni deb aytgim kelar. Yagonam deb erkalatgim kelar, Har kun shu gapni aytgim kelar. (x2 x2) [Alisher Uzoqov] Tilim qursin, nega sevishimni aytdim?
  • Tomchi-tomchi gul bargida shabnam, Beg`ubor bu xushbo`y atirgul. Atirgul rangiday lablaring sening, Seni shunday xumor sevaman. Atirgul rangiday lablaring sening, Bulbulday beg`ubor sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar. Ko`z tegmasin deb duo qilar jonim, Tilaklarim, orzuyim o`zing. Yashnasin yuzingdan bu olam sening, Baxtingdan o`rgilib sevaman. Yangrasin yuzingdan bu olam sening, Jonim, shunday o`tli sevaman. Ayla bedor, mayli, kelmay takror meni, Ammo tingla sevgim to`la oshiq yuragimni. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, O`shal visol, o`sha ko`zlar bo`zlatar. Oshiq yurak vafo so`rar, Xayollarim sog`intirar, Sehrli tun bu yulduzlar eslatar.
  • Yo`llaringga termulib, o`tar uzun yillarim, Yuragimni ko`ndirib, ketaverar sirlarim. Nahot his etmas yuraging dil to`la dardlarim, Nahot qadrsiz bo`lsa aytilgan bu gaplarim? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahotki shu bo`lsa hayot? Sen uchun yaralgan sevgim Ololmasa sendan javob? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot? Ushalmas hech bir orzular, Qolib ketsa bo`lib sarob? Bilolmayman aslida nechun keldim dunyoga Yoki sevging dastidan qo`ydimmi yo`l xatoga? Endi men kimga aytayin alamli bu dardlarim? O`zimni yolg`iz, javobsiz sevgimni aybladim. Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahotki shu bo`lsa hayot? Sen uchun yaralgan sevgim Ololmasa sendan javob? Nahotki shu bo`lsa sevgi? Nahot bo`lolmaymiz qo`sh qanot? Ushalmas hech bir orzular, Qolib ketsa bo`lib sarob?