Песня «Yonar»
исполнителя Munisa Rizayeva.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

(Yonar… yonar… yonar… (x2))

Har kun sensiz o‘tmas,
Qarashlaring oltin qafas,
Ojiz yuragingga sig‘mas. (yeah, yeah)
O‘zim o‘zimga men hayron,
O‘zim ila qoldim vayron,
Endi dardlarim namoyon.

Bilaman, lek tinch qo‘ymas,
Bilaman, niyating g‘araz,
G‘urbatlarimga arzimas. (ne-ne)
Ne bo‘ladi qiynamasdan,
Imkon menga berganingda,
Qolarmanmi men havasda? (yeah)

Yona-jona ishqingni man,
Faqat seni sog‘inaman,
Hamma talpinadi sen tomon.
Men adashdim kunlar sanab,
Holatimga o‘zing sabab,
Zor etmagin, muhabbatim.

(Yonar… yonar… yonar… (x2))

Qiynalar ojiz yuragim,
Seni deb yig‘lar har doim,
Tinch qo‘ymas holati ko‘nglim.
Chindan sevishimni bilgin,
Seni izlashimni bilgin,
Nolalarimni tinglagin.

Bilaman, lek tinch qo‘ymas,
Bilaman, niyating g‘araz,
G‘urbatlarimga arzimas.
Ne bo‘ladi qiynamasdan,
Imkon menga berganingda,
Qolarmanmi men havasda? (hey)

Yona-jona ishqingni man,
Faqat seni sog‘inaman,
Hamma talpinadi sen tomon.
Men adashdim kunlar sanab,
Holatimga o‘zing sabab,
Zor etmagin, muhabbatim.

Другие песни исполнителя:

  • Man bemorman holi yomonman Man mehrga zor intizorman Tinmadi nolam yurakda alam Bedavoman benavoman Dardim ko'zimda bo'lar nomoyon Azob dilimda etmadim bayon Insof o'zingga tosh yuragingga Bir bor kulmadim hiyonatingdan buyon Bergan vada nahot vada bo'lib qolmadimi Yoki ko'ngling bitta yorga nahot ko'nmadimi Zarra vijdon deganlari to'siq bo'lmadimi Alamim bor... alamim bor... Tun o'tar oy bo'lmas nihoya Hol so'rab qo'y bo'lar kifoya Dilimda nolam topmadi malham Bedavoman benavoman Dardi dilimga etarmi paydo O'zga insonga bo'lgani shaydo Insof o'zinga tosh yuraginga Sevgan yurakni qilib bo'ldiku ado Bergan vada nahot vada bo'lib qolmadimi Yoki ko'ngling bitta yorga nahot ko'nmadimi Zarra vijdon deganlari to'siq bo'lmadimi Alamim bor... alamim bor...