Песня «Bevafo»
исполнителя Ozoda Nursaidova.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Bevafo, bevafo,
Dardlarim yengaman.
Aylasang ham jafo,
Oh, nechun sevaman? (x2)

Ishqi menga kuch bergan
Ojizimsan sen o`zing,
Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing.
Dilim qadrin bilmagan
Azizimsan sen o`zing,
Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing.

Sendan kechgandan ko`ra,
Jondan kechmoq osondir, osondir.
Shirin jonimdan shirin
Yovuzimsan sen o`zing,
Sen o`zing, oh, sen o`zing.

Bevafo, bevafo,
Dardlarim yengaman.
Aylasang ham jafo,
Oh, nechun sevaman? (x2)

Rahm qilmaysan nahot,
Ne kechdi, deb dilida,
Dilida, ha, ha, dilida.
Kapalak ham kelib,
Hol so`raydiku gulidan,
Gulidan, ha, ha, gulidan.

Sitamlar etsam hamki,
Umidlarim o`lmadi, o`lmadi.
Bir siqim cho`g` so`rayman
Muhabbatning kulidan,
Kulidan, ha-a, kulidan.

Bevafo, bevafo,
Dardlarim yengaman.
Aylasang ham jafo,
Oh, nechun sevaman? (x2+x4)

Другие песни исполнителя:

  • Kulgichimga botib ketgan kulgularim, Kiprigimdan o`tolmagan uyqularim, Beozorim, yaralgan ohularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Sariq yaproq yuzingizning rangimidi? Hasratingiz yuragimning zangimidi? (x2) Mozoringiz men sho`rlikning bag`rimidi? Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Bermagayman sizni armon qo`llariga, Kuy bo`lasiz baxtning biyron tillariga, (x2) Yo`llagayman sizni jannat yo`llariga, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Orzu, orzularim…
  • Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. Oqargan sochimda alamlar, Dardin tugatolmay qalamlar, Husnini asrolmay sanamlar, O`tdilar bu xoin yillar. Ne-ne diydorlardan judo, Allalab, erkalab, ado, Birgina joningni savdo Qilarlar bu zolim yillar. Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2) Qaytib ber eng go`zal chog`im, Rangin ko`rkidagi tog`im, Yig`latib to`ymading sozim, Tinglamas zorimni yillar. Ko`nglimda qanchalar armon, Yalindim besamar sarson, Ey Xudo, buncha ko`p yolg`on Ko`rsatdi bu makkor yillar? Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar. (x2) Eh, bu yillar… Yig`lamay bo`larmi ayting, Joningdan o`tganda darding? Yolvoray, yolvoray, bir zumga qayting… Zolim bu yillar, xoin bu yillar, Zolim bu yillar, Shafqatsiz, toqatsiz yillar.
  • Sevgining manman degan-ey qaynog`iga uchradim, Jonimga yoqib ketar-ey qiynog`iga uchradim. (x2) O`zimni otash derdim, o`zimni bebosh derdim, O`zimdan o`tib tushgan-ey bezoriga uchradim. {x2} Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori, Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2) Qayda ko`rsa “jonim” deb, jonimga tegib ketdi, Tegma desam, tortqilab, ro`molim olib ketdi. Qizg`onadi kundan ham, qizg`onadi tundan ham, Shu bolaning ozori-yey ko`nglimga yoqib ketdi. {x2} Voy, tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori, Nima qilay, yoqadi-ya shu bolaning ozori. (x2) Qanday balo yaralgan, haydasam ham ketmaydi, Aldashda, erkalashda hech kim unga yetmaydi. Nima qilsa qildi-yey, yuragimga kirdi-yey, Bu turishda bu mani-yey boshqasiga bermaydi! (x2) Tanlab-tanlab topganim Andijonlik bezori, Nima qilay, yoqadi-yey shu bolaning ozori. (x4)