Песня «Yo'q»
исполнителя Shoxrux Ummon.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Текст песни не найден. Добавить?
Мы платим за добавление текста. Вам нужно авторизоваться, чтобы мы смогли вам заплатить
Отмена

Другие песни исполнителя:

  • Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa, Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa. Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan, Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan. Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni, Lekin manga farqi yo`q. Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy, Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot. O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo, Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo. Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol: Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol? O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma. Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara, Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz. Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara, Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara. Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning, Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning. Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning, Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy. Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling, Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling. Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz. Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost, Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq. Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam, Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda. O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
  • Ey do’st qara san bilan Ne kunni ko’rmadik Ba’zida yutqazdigu Ko’pincha yengilmadik Ravon bo’lmagan bu Sinovli hayot yo’lida Lekin hech kim oldida Boshimizni egmadik Hamrohlar ko’p edi Omadimiz kelganda Parvozlarimiz osmonlarga Qadar yetganda Hamma yuzini ko’rsatdi Mana oxirida Do’st qara o’tib ketibdi Necha yillar Bosib o’tdik birga Qanchadan qancha yo’llar Ba’zida xursandchilik Ba’zida mahzun tunlar O’rtamizga tushmoqchi Bo’ldi shaytonga qullar Og’ir kuningda bilar ekansan Kim kimligin Holinga qarab turib Oshkor etar kimligin O’zingni qo’lga ol Taslim bo’lma bu dunyoga Ezgu niyatlar aylanar Albatta ro’yoga Do’st bu sinovlarga Aslo yengilma do’st Aslo yengilma do’st
  • Begona, san manga-manga bo`lding begona, Yolg`iz baxtim eding san yagona, Yuragimdagi eding bir dona, dona-dona, dona. Bilmadim nimaga, ishonib ketding aytgin kimlarga? Uchdingmi o`tkinchi tuyg`ularga? Axir berilgandik orzularga, armon bo`ldi bir umrga. Bo`lishi mumkin emas, deb o`ylardim, Voz kechib ketasan shunchalar oson, sotasan arzon. Qiymati yo`q ekan san uchun xuddi yonib ketgan gul kabi, Tuyg`ularni etding yakson. Bilmadim nimaga, kim tushdi oraga? Sani bunchalar yomon tomon o`zgarib ketishingga Sababchi ayt, kim o`sha inson? Sani shunchalar o`z domiga tortibdi, ishon. Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib, O`zingga ishontirib, ko`ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. (x2) O`ylama, san mani, mani-mani o`ylama, Qanday yashashni o`zim bilaman, Tobora, bora-bora ko`naman va bunga ishonaman. Bilasan bir kun qaytib yonimga kelasan, Buni o`zing ham sezasan, Go`yoki bildirmay turasan, lek taslim bo`lasan. Yodingdami o`sha kun, sani uchratganimda yog`ardi yomg`ir, Balki bugun bunchalar bo`lmasdi og`ir yog`maganida yomg`ir. Ha mayli, yomg`ir bir sabab, axir bu hammasi taqdir. Bugun ham yog` yomg`ir, faqat yuvgin dardlarim, Voz kechay bir umrga unga bo`lgan hislarim. Qani endi ko`z oldimdan ketsaydi bu ko`zlaring, Yuragimdan o`chirib ket qo`yib ketgan izlaring. Yuragimda sevgini to`ldirib-to`ldirib, O`zingga ishontirib, ko`ndirib, Dilimda izing qoldirib-qoldirib, Shunchalar ketarsan oson. (x2
  • Yuragim, bedor qoldi yuragim, Sani deb qancha azoblarni ko`rdi bu yuragim. Keragim, sanga yo`qmi keragim? Faqat sani baxtli qilish edi bitta tilagim. Xayolim, faqat sanda xayolim, Xatolar qilmaganingda bo`lar eding ayolim. Xatoyim, ayt, ne edi xatoyim? Axir sani asrab-avaylagan bo`lsam har doim. Ha, yana biroz yonimda qoling deya, So`rar eding mendan qilib iltimos. Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku, Ishonmadim, nahot bu rost? Dard, yana bu dard, Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt. Ayt, yuragim ayt, Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt? Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdi shuncha orzularim, Faqat bir sen deya. Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim Faqat bir sen deya? Bo`ladi, bari yaxshi bo`ladi, Kun kelib voz kechib, yurak bir kun taskin topadi. Ko`nadi, ko`zlarim ham ko`nadi, Ishonaman, uni ko`rmaslikka ham o`rganadi. Va’dalar, qani o`sha va’dalar? Shu savolni tinglab, qilib ketding zardalar. Axir o`zing bilib turibsan aybdorliging, Qanchalar og`ir botganda o`zgaga zorliging. Ha, yana biroz yonimda qoling deya, So`rar eding mendan qilib iltimos. Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku, Ishonmadim, nahot bu rost? Dard, yana bu dard, Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt. Ayt, yuragim ayt, Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt? Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdi shuncha orzularim, Faqat bir sen deya. Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya? Zoya ketdimi shuncha vaqtlarim Faqat bir sen deya?