Песня «Men deya»
исполнителя Shoxrux Ummon.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Yuragim, bedor qoldi yuragim,
Sani deb qancha azoblarni ko`rdi bu yuragim.
Keragim, sanga yo`qmi keragim?
Faqat sani baxtli qilish edi bitta tilagim.

Xayolim, faqat sanda xayolim,
Xatolar qilmaganingda bo`lar eding ayolim.
Xatoyim, ayt, ne edi xatoyim?
Axir sani asrab-avaylagan bo`lsam har doim.

Ha, yana biroz yonimda qoling deya,
So`rar eding mendan qilib iltimos.
Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku,
Ishonmadim, nahot bu rost?

Dard, yana bu dard,
Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt.
Ayt, yuragim ayt,
Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt?

Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoya ketdi shuncha orzularim,
Faqat bir sen deya.
Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim
Faqat bir sen deya?

Bo`ladi, bari yaxshi bo`ladi,
Kun kelib voz kechib, yurak bir kun taskin topadi.
Ko`nadi, ko`zlarim ham ko`nadi,
Ishonaman, uni ko`rmaslikka ham o`rganadi.

Va’dalar, qani o`sha va’dalar?
Shu savolni tinglab, qilib ketding zardalar.
Axir o`zing bilib turibsan aybdorliging,
Qanchalar og`ir botganda o`zgaga zorliging.

Ha, yana biroz yonimda qoling deya,
So`rar eding mendan qilib iltimos.
Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku,
Ishonmadim, nahot bu rost?

Dard, yana bu dard,
Jimlikda hasratlarimni sochmoqda, topa olmadimku baxt.
Ayt, yuragim ayt,
Nima uchun, kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt?

Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoya ketdi shuncha orzularim,
Faqat bir sen deya.
Yig`ladingmi men deya? Ayrilding kim deya?
Zoya ketdimi shuncha vaqtlarim
Faqat bir sen deya?

Другие песни исполнителя:

  • yana yolgon yana usha sozlar bora bora yuragim sevgidan muzlar qiynalib oylab otirma qandaydir bahonalar xohlasang oq yol sochi qoralar
  • Nahotki, ikkimizdan ham bir kerakli so`z topilmasa, Nahotki, bu keraksiz mavzu ochilsa-yu yopilmasa. Nahotki, baxtim deganim, endi armonim bo`lib qolasan, Nahotki, yarim bo`lagim, ko`nglim yarmim bo`lib olasan. Uch kundan beri uyqu yo`q, almashtiradi oy quyoshni, Lekin manga farqi yo`q. Halovat yo`qolgan, topilmaydi o`zimni qo`ygani joy, Holim hech kim bilmaydi, lek yurak so`rar najot. O`sha kundan beri qiziqtirmas ob-havo, Qiziqtirmas olam, “tv”dagi navo. Qilolmay tasavvur, xayolda bitta savol: Shuncha yillar asragan baxtim topdimi zavol? O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma. Endi mani ko`zlarim bilan olamga qara, Shunda qanchalik sevganim qilolasan faraz. Oddiy ko`chalardan topib go`zal manzara, Hayotga sevgan ko`zlar bilan qara. Endi mani quvonchim bilan boshlagin kuning, Baxt sababchi bo`lsin ko`zing yoshlagan kuning. Endi mani qo`ng`iroqlarim buzmaydi tuning, Endi yuzingdagi tabassum bo`lmaydi sun’iy. Endi hayotimning nuri bilan yorit yo`ling, Qiyin bo`lganda orzularimiz tutsin qo`ling. Endi mani fe’lim bilan tashvishga beparvo Bo`lib, shirin xayollaringda qilaver parvoz. Endi bo`lsin o`sha shirin tushlaring bari rost, Bo`l baxtga yaqinroq, mayli, mandan nariroq. Parvoz et eshitmay, yonimda qol desam, Man esa pastga, qanotlarim qoldi sanda. O mani baxtim, qarshingdaman so`nggi bor, Nahot qolmadi vaqtim? So`zlarim tingla so`nggi bor. O mani baxtim, endi bir o`zing yet orzularimizga, Qolmadi vaqtim, ko`z yoshlaringni ko`rsatmagin hech kimga. Ou, ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Mayli, baxtli bo`l, meni esa hech o`ylama. Ou, sen ketaver go`zalim, ortingga hech qayrilma, Sevganing bilan baxtli bo`l, hech qachon undan ayrilma.
  • Nima uchun kelgan dunyoga Ba'zilar bilmaydi Jinnini yoqadi yoki Rostdan yetib kelmaydi Mazmunini tushunmaydi Oxirini o'ylamaydi Xatolar qilaverishdan Hech qachon to'ztamaydi Kecha xato qilding Najot izlab tavba qilding Bugun erishding Va barini unutding Yana qayta o'sha Xatolarga qo'l urding Kechagi kelgan imkonni Shunday yerga ko'mding Afsuski bo'lsachi Agar bu so'ngi imkon Har doim omad kulib Boqavermaydi ishon Sinovlarga fitnalarga To'la axir bu makon Yaxshi bo'lish uchun bo'lish Shart emasdur zodagon Hayotning har oni Ne'mat va g'animat Har bir ne'mat Biz uchun berilgan omonat Omonatga xiyonat Kechirilmaydi hech vaqt U yerdami bu yerdami Tayyor turgin hamma vaqt Bu hayot emasir Tra la la la Yoki bu muzikamas Do re mi lya Ertangi kuningni O'zing avayla
  • Agar hammasi bo'lganida chin Qayta ovoz chiqarmay bo'lar edim jim Yonadi ichim ko'nglim xalovati yo'qligini sababchisi kim Men ketgan edim bu rost lekin xolu jonimga qo'ymadi ichimdan ovoz O'zing o'ylagin biroz atrofda nima ahvol Ko'pchilikning dardi qog'oz Majburlamiyman albatta lekin qachon keladi navbatim Qachon kelar o'sha vaqt yetarli bo'lar naqd Qachon qilamiz tavba Mayli ketgan bo'lsamda bu sevgi kuyimas Hashamatli moshinalar hashamatli to'yasmas Qachon qurib bo'lamiz oxirgi uyimiz Qachon sevgidan emas oxiratni o'ylaymiz Faqat sevgini kuy qildik lek bu sevgi kuyimas Haqiqatni yashiramiz lek ko'zlarni o'yamiz Tinmay olishni bildik qachon qo'yishni bilamiz Aytinglarchi odamlar qachon biz ham to'yamiz