Песни под медленный танец на узбекском языке.
Страница 2

Группа вконтакте

Медляк

  • Bir sevgi otashida yonib kuyaman, Ayriliq azoblari qiynaydi meni. Bahorda ochilmayman, kuzdan qoʻrqaman, Yana sening xayoling tinch qoʻymaydi meni. (2x) Bilginki, men seni yana Umr boʻyi unutolmay, Sevib-sevib yashayman! Bilginki, men seni yana Umr boʻyi unutolmay, Yonib-yonib yashayman! (2x) Hech kimsa tushunmaydi, dardimni aytsam, Bu sevgi hasratida koʻnglimda armon, Bilginki, bu dunyodan gar sensiz oʻtsam, Faqat oʻzing yuragimda yashaysan, ishon! (2x) Bilginki, men seni yana Umr boʻyi unutolmay, Sevib-sevib yashayman! Bilginki, men seni yana Umr boʻyi unutolmay, Yonib-yonib yashayman! (4x)
  • Senga ket demadim, Ammo qol deyishni ham xohlamadim, Sõng sõzingni sõzlading meni yig’latib ketib. Oh, kun kelib, pushmon bõlib bir kun kelarsan, Kech bõlar, shunda qadrim bilarsan. Ket, judayam uzoqlab ket, Ortingda yoshli kõzlarni mahkum etib. Ket, qarama mening kõz yoshima, Istasam ham, qol desam ham uzoqlab ket. [Diyor Mahkamov] Ket, judayam uzoqlab ket, Ortingda yoshli kõzlarni mahkum etib. Ket, qarama mening kõz yoshima, Istasam ham, qol desam ham uzoqlab ket. [Diyor Mahkamov va Faridam] Senga ket demadim, Ammo qol deyishni ham xohlamadim, Sõng sõzingni sõzlading meni yig’latib ketib. Oh, kun kelib, pushmon bõlib bir kun kelarsan, Kech bõlar, shunda qadrim bilarsan. (x2) [Diyor Mahkamov] Ket deding uzoqlarga, chorasiz firoqlarga, Bu yurak javob topolmas hanuz savollarga. Menga ket demading, Ammo qol deyishni ham xohlamading, Sõng sõzimni sõzladim seni yig’latib, kechir. Oh, men bugun pushmon bõlib senga qaytarman, Kech bõlsa ham jonim kõrib bilarman. [Diyor Mahkamov va Faridam] Senga ket demadim, Ammo qol deyishni ham xohlamadim, Sõng sõzingni sõzlading meni yig’latib ketib. Oh, kun kelib, pushmon bõlib bir kun kelarsan, Kech bõlar, shunda qadrim bilarsan. Kech bõlar, shunda qadrim bilarsan…
  • Sen ketgan kundan boshlab ko`zlarimda nam, Yuragimni bir senga berib bo`lganman. Tunu kun endi sensiz halovatim yo`q, Seni unutay deyman, iloji yo`q. Sensiz aslo yuzimda quvonch ko`rinmas, Sensiz hatto ko`zimda o`zim o`zimmas. Ishon, yolg`izim, seni yomon sog`indim, Har kuni ko`zyoshimdan ovundim. To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz, Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz. Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz? Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz. Qachongacha bu dardlar vujudim ezar? Sen ham meni sevasan, yuragim sezar. Bir bor ko`rarmikan deb, kezaman hamon, Ko`nikolmayman, sog`indim, ishon. Bunchalar bizning taqdir shafqatsiz bo`lsa, Qaniydi ko`zlaringni so`nggi bor ko`rsam. Seni degan yuragim qo`lingga tutib, Yashar edim o`zimni unutib. To`kilar ko`zlarimdan yomg`irlar sensiz, Orzular, nahot qaytmas u damlar, esiz. Yolg`izim, senga ham, ayt qiyinmi mensiz? Sevganim sen eding, hayotimda tengsiz
  • Ne dilda, ne hayotda borligin unutdim, Ne bo`lsa, sen deb bo`ldi bu qalb. Ne kunlarga qoldi bu jon, der edi ko`nglim, Qaytar sabr, dedim yurak. Shu bo`lsa nahotki, men izlagan baxtim, O`yla, senga bir kun oshiq bo`lmadim. Sen birla o`tmishda qoldi go`zal umrim, Sendan qolib ketdi ko`nglim. Bir zamonlar sevar edim, Seni mendek sevar dedim, ishondim. Seni so`ngsiz va yolg`onsiz, Qarshiliksiz, zamonsiz sevardim. Ko`ngil har kun bir yeridan Yaralandi ketgan kuningdan, unutma. Seni kecha sevganim kabi, Sevolmayman Majnun singari, ortga qaytma! Urildim va yiqildim, sevgidan tilandim, Sen-la bo`lsam deya har kun. Sevgingni sevgimdan ham ustun deb bilardim, Yig`lar sevgimiz bugun. Shu bo`lsa nahotki, men izlagan baxtim, O`yla, senga bir kun oshiq bo`lmadim. Sen birla o`tmishda qoldi go`zal umrim, Sendan qolib ketdi ko`nglim. Bir zamonlar sevar edim, Seni mendek sevar dedim, ishondim. Seni so`ngsiz va yolg`onsiz, Qarshiliksiz, zamonsiz sevardim. Ko`ngil har kun bir yeridan Yaralandi ketgan kuningdan, unutma. Seni kecha sevganim kabi, Sevolmayman Majnun singari, ortga qaytma!
  • Kimgadir yurak berib topsang gar iloj, Kimgadir yurak berib topmassan iloj, Ammo men seni ko’p, Men seni hammadan ko’p sevdim. Nega hech bir qalbdan seni sevishim, Dunyolar kabi katta baxtim deyishim, Ammo sen buni hech, Sen buni hech bilmaysan, jonim. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2) Men bilan bir umr yonimda bo’lgin, Kunduzi nuring sochib, tunda oy kabi to’lgin, Lek sen meni ko’p, Sen meni hammadan ko’p sevgin. Harorat-la boqishing menga yetadi, Seni ko’rsam qalbim g’amni unutadi, Aytmasang ham sevdim deb, Aytmasang ham sevdim deb qalbim biladi. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)
  • Kimgadir yurak berib topsang gar iloj, Kimgadir yurak berib topmassan iloj, Ammo men seni ko’p, Men seni hammadan ko’p sevdim. Nega hech bir qalbdan seni sevishim, Dunyolar kabi katta baxtim deyishim, Ammo sen buni hech, Sen buni hech bilmaysan, jonim. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2) Men bilan bir umr yonimda bo’lgin, Kunduzi nuring sochib, tunda oy kabi to’lgin, Lek sen meni ko’p, Sen meni hammadan ko’p sevgin. Harorat-la boqishing menga yetadi, Seni ko’rsam qalbim g’amni unutadi, Aytmasang ham sevdim deb, Aytmasang ham sevdim deb qalbim biladi. Sevgimizning yo’llari, uchrashtirgan kunlari, Qanday bo’lsang shunday sevaman seni. Bu shunchaki sevgimas, yo’q sevgida tengimiz, Yurakdan seni sevaman, jonim. (x2)
  • Yo‘lim tushdi bir yaxshi, bir yomonlarga, Hayronaman bunday ajib zamonlarga. Boshim olib ketay qaysi tomonlarga? Bir kami to‘lmagan dunyo. Vayronaman yorning xiyonatlaridan, Pora qalbim do‘stning jinoyatlaridan, Aqlim lol bu turfa sinoatlaridan, Bir kami to‘lmagan dunyo. Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo, Kimga dushman, kimga do‘stu-yor dunyo. Yana qanday sinovlaring bor, dunyo? Bir kami to‘lmagan dunyo. (x2) Yana ezar mening yuragimni firoq, Dil qorong‘u, yorishmaydi yoqsa chiroq. Baxt yo‘li bizdan nega buncha yiroq? Bir kami to‘lmagan dunyo. Qanot yozib, uchmoqlikka qo‘ymaydiya, To‘yib baxtni quchmoqlikka qo‘ymaydiya, Armonlarim yurak-bag‘rim tirnaydiya, Bir kami to‘lmagan dunyo. Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo, Kimga dushman, kimga do‘stu-yor dunyo. Yana qanday sinovlaring bor, dunyo? Bir kami to‘lmagan dunyo. (x2)
  • Qiblagohim, buzrukvorim siz mo'tabar jonim Dadam!!! Xayotimga ziyokorim shamsu qamal Jonim Dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Umri o'tib, mehnat bilan achchiq shirin zahmat bilan choy ichmagan, minnat bilan yuksak nazar jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Elda yurib kezib olam Kishi ko'rdim ancha menham Topolmadim lekin odam Sizdek kamtar jonim dadam Elda yurib kezib olam Kishi ko'rdim ancha menham Topolmadim lekin odam Sizdek kamtar jonim dadam Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!!
  • Shoxruz(Abadiya) - Yomg'ir (Qo'shiq matni) Jonimga tegib ketdi, Ikkimizni oramizdagi, Munosabatni bekitish, Bu menga og'ir, Hurmat qilma meni, Lekin hurmati bordur, G'ururimni yeg'lama, Bo'ldi endi gapir ??? Kamsitar eding meni, Kamchiligimga hatto, Begonalarning oldida, Bilsang aybim seni, Uchratib sevib ko'ngil, Qo'yganim edi aslida, Qancha hiyonat qilding, Oyoq qo'yib yuzimga, Men esa berkitaverardim, Do'stlarimdan. Oxir oqibat haqiqatdan, Yuz burdim, Sen arazingni deb, Men ahmoq yolg'onga. Qiynalib tunlari o'ylardim, Ne rejalar bor yana deb, Sen bevafoni aqlida, Shu payt kimlar bilan, Nelarda so'zlasharding, Javob bermay qo'ng'iroqlarimga, NAQOROT: Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Mana endi hammasi yaxshi, Meni hayotimda, Sen esa yolg'iz qolding, Bu menga og'ir. Vafoli yor yonimda, ko'nglim senda bo'lsa ham, Afsus hamon yuragimni, Tirnaydi yomg'ir, Chunki seni uchratgan, o'sha qora kunda, Yog'ib yomg'ir seni, Sevib qolishimga, Sabab bo'ldi nelardir O'sha yomg'ir o'sha yomg'ir. Tinch qo'ygin endi meni, Sen bilan yetolmagan baxtimga yetishimda, Hammasi men uchun qolib ketdi, o'sha qora baxtsiz azobi uzun o'tmishimda. Yana dardlarimni aytaman, Meni aldagan bu maftunkor yomg'irlarga, Baxtimga to'g'anoq bo'lma, Bezovta qilib meni vafoli yorim oldida. NAQOROT: Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay,
  • Shohruhxon-Ey sabo(qo'shiq matni) Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Hey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Men o'lub, el jon topar bebok notovonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ko'zu zulfungdan necha mastu parishoning bo'lay, Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning bo'lay. To boshimga evlalurga gardi maydoning bo'lay. Necha, jono, mubtaloyi dog'i hijroning bo'lay. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?!
  • Qo`shiqlarim, havolarim yoritish uchun Tomda turib, gul terdim dildorim uchun Baxt istardim, unda ko`ngil bor uchun O nigorim bir boqmading, nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim Sen uchun, jonimni beraman Sen uchun, faqat sen uchun (faqat sen uchun) Nigorim, bir boqmading nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim Orzu qilip, oychexrasi mohimda U payqamas, yor istamis sohimda Unitolma, isht ko`kilda shohimda O nigorim bir boqmading, nigori Uzildiku dildorim, mening dildorim Sen uchun, jonimni beraman Sen uchun, faqat sen uchun (faqat sen uchun) Nigorim, bir boqmading nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim
  • Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman! O‘zimdan ehtimol seni asradim, Bildimki, men bilan baxting kulmagay. Yig‘lasang, dilimga sig‘mas hasratim, Senga muhtojligimni aytolmadim. Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman! Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman!.
  • Ajdodlarim yurti, muborak tuproq, Sog`inchim, tayanchim, jonim, jahonim. Men seni sevarman har nedan ko`proq, Onamdek mehribon O`zbekistonim. Ne baxtki, tug`ildim farzanding bo`lib, Bag`ringda yasharman, yo`qdir armonim. Sharqning oftobidek turibsan kulib, Onamdek mehribon O`zbekistonim. O`zbekiston, hur o`lkam mening, Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening. Har kuni o`zingga baxtlar tilayman, Buyuk, tanho diyorim mening. Bepoyon dunyoda hur O`zbekiston, Zo`rlarni yenga olgan zo`r O`zbekiston. Sen tomon tikilgan ko`zlar qamashsin, Quyoshdek porlagin, nur O`zbekiston. Bag`ringda baxtiyor o`gil-qizing bor, Olamga tik qara, yorug` yuzing bor. Avlodlar kuylasin, qilsin iftixor, Asrlar bag`rida o`chmas izing bor. O`zbekiston, hur o`lkam mening, Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening. Har kuni o`zingga baxtlar tilayman,Buyuk, tanho diyorim mening. Buyuk, tanho O`zbekistonim!