Популярные узбекские песни.
Страница 55

Группа вконтакте

Pop

Pop (популярная музыка) — область массовой культуры, охватывающая различные формы, жанры и стили развлекательной и прикладной музыки
  • Ro'paramdan asta o'tarding Bildim bir so'z aytmoqchi eding Lekin negadir indamading qarab ko'zimga Nimalargadir achinarding Hatto ko'zingda yosh bor edi Juda ham baxtsiz ko'rinarding, yig'lab yurarding To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman Nahot meni o'ylab yasharding Nahot meni qadrimni bilding Yolg'izliging nega aytmading Nega aytmading Seni baxtiyor deb o'ylardim Meni sevmaydi deb o'ylardim Shunday o'tib bordimi umring Nega aytmading To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman O'shanda ortingdan bordim Ketma deya o'tinardim Bo'ldi sensiz men hayotda O'lsam kerak deb o'ylardim Asta sekin bunga ko'ndim Armon bo'lgan orzu eding Orzu eding... To hayot ekanman Sen bir so'zinga zorman To hayot ekanman Seni sevganman Yillar o'tib yana Taqdir bizni uchratganda Seni hech baxtsiz de O'ylamaganman
  • Ko’zlarim ochig’u ko’ra olmayman Oyoqlarim butun yura olmayman Qaddim raso lekin tura olmayman Men nechun yaraldim, Allohim? Qayda qoldi mening dodu-fig’onim Javobsiz qolg’aymu tag’in so’rog’im Dunyolarni yutar chanqoq qarog’im Men nechun yaraldim, Allohim nechun? Naqorat: Bir jahonim jonim yo’q meni Bir oshig’im-yorim yo’q meni Bir hanjar ur qonim yo’q meni Men nechun yaraldim, Allohim? Mening hech kimim yo’q Allohdan boshqa Mening hech narsam yo’q o’zimdan boshqa Ko’ngilda ne qoldi bir toshdan boshqa Men nechun yaraldim, Allohim nechun?
  • Gulga sira hushim yo'q, Bulbul bilan ishim yo'q. Qiynar dardi hijroni, Qaytariga hushim yo'q. Gul barglari tikondir, Bulbulning bag'ri qondir. Jonga ozor bermanglar, Ishq dardi ko'p yomondir. Agar yuragingda sevgi bo'lsa, Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa, Yor bilan doim birga bo'l, Hech ayrilma. Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa, Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa, Yor bilan doim birga bo'l, Hech ayrilma. Guldan ko'z uzib bo'lmas, Bulbulning so'zi bo'lmas. Qadrim uchun yig'layman, Ayrilib holim o'lmas. Ketaringda qayrilma, Yo'lingda hech tayrilma. Ko'ngildagi yor bilan, Birga bo'l hech ayrilma. Agar yuragingda sevgi bo'lsa, Agar yuragingda tuyg'u bo'lsa, Yor bilan doim birga bo'l, Hech ayrilma. Agar ko'zlaringda sevgi bo'lsa, Agar ko'zlaringda mehr bo'lsa, Yor bilan doim birga bo'l, Hech ayrilma
  • Afsus, hamma aytgan so'zlaring, so'zligicha qoldi umrbod Aldab meni shahlo ko'zlaring, hayotimni qildilar barbod Shildiragan tiniq buloqdan, men seni deb chanqoq bosmadim "Aldanmagin!" - desalar yonib, qaramadim quloq solmadim Yodingdami, tunlarimda oy bo'lib mening? Yodingdami, yo'llarimni yoritmoqchi eding? Yodingdami kunduzimda bo'lib quyoshim Jamolimga hol to'ymoqchi eding? Mana o'tdi necha fasllar, badoshginam tugadi mening Ko'zlarimdan oqqan yoshlarim, daryo bo'lib oqizsin seni Shildiragan tiniq buloqdan, men seni deb chanqoq bosmadim "Aldanmagin!" - desalar yonib, qaramadim quloq osmadim Yodingdami? Yodingdami, tunlarimda oy bo'lib mening? Yodingdami, yo'llarimni yoritmoqchi eding? Yodingdami, kunduzimda bo'lib quyoshim Jamolimga hol to'ymoqchi eding? Yodingdami, tunlarimda oy bo'lib mening? Yodingdami, yo'llarimni yoritmoqchi eding? Yodingdami, kunduzimda bo'lib quyoshim Jamolimga hol to'ymoqchi eding? Yodingdami?
  • Aytolmayman, aytolmayman Yurak sirim aytolmaman. Aytsam tilim kuyar, Aytmasam dilim, aytmasam dilim. Senga qanday aytishim mumkin, Ko'rgim keldi, sog'indim bisyor. Hazon ichra go'zal bahorga Yetishmoqlik qanchalar tushvor. Aytolmayman, aytolmayman Yurak sirim aytolmaman. Aytsam tilim kuyar, Aytmasam dilim, aytmasam dilim. Azoblaydi, azoblaydi Armonlarim azoblaydi, Aytsam tilim kuyar, Aytmasam dilim, aytmasam dilim. Faqat sening muhabbatingla, Yugurardim topib bahorni Sen bilmaysan, otash sevgingning Azobidan qiynalar jonim. Aytolmayman, aytolmayman Yurak sirim aytolmaman. Aytsam tilim kuyar, Aytmasam dilim, aytmasam dilim. Azoblaydi, azoblaydi Armonlarim azoblaydi, Aytsam tilim kuyar, Aytmasam dilim, aytmasam dilim.
  • Yulduzlari yo'q tunga Yoki yomg'irli kunga Aylanib qolar eding Agar yoningda o'zim bo'lmasam Sen bahordagi qorga Yoki uzilgan torga O'xshab qolarding balki Agar yoningda o'zim bo'lmasam Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen izlagan baxt o'zimman Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen o'ylagan sevgi bu menman Cho'ldagi tomchi suvga Yoki avji yo'q kuyga Aylanib qolar eding Agar yoningda o'zim bo'lmasam Izlari sovuq qishda Adashib qolgan qushga O'xshab kezarding yolg'iz Gar hayotingda o'zim bo'lmasam Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen izlagan baxt o'zimman Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen o'ylagan sevgi bu menman Yolg'iz orzu istaging menman Sen izlagan baxt o'zimman Yolg'iz orzu istaging menman Sevgi bu menman Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen izlagan baxt o'zimman Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen o'ylagan sevgi bu Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen izlagan baxt o'zimman Yolg'izim, yolg'iz orzu istagingman Olis ketmagin o'zimdan Sen o'ylagan sevgi bu menman
  • Dil ulashdim do'st ila yovga Ozor bermay dedim, dedim birovga Na xasadu, na kimim bordir Tavba qildim o'zinga, o'zinga ALLOH Meni yo'qdan bor qilgan o'zing Zoru umidvor qilgan o'zing Tavba qildim... Ko'ngil dedim, yallo demadim Ko'ngil dedim, tillo demadim Hudo dedim, illo demadim Tavba qildim, o'zingga Alloh Mehr ko'rdim, mehrlar berdim Yaxshiliging behisob, behisob terdim Nopok-biyron, birim yo'q edi Tavba qildim o'zingga, o'zingga Alloh Meni yo'qdan bor qilgan o'zing Zoru-umidvor qilgan o'zing Tavba qildim
  • Bunchalar ham go'zal ekan Kechalarda bu chamanzor Meni deb sen bo'lsang bedor Meni o'ylab ko'zlaring ham Yo'llarimda bo'lsalar zor Meni sevsang, yor beozor Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Necha bor sen sevganingni Aytaversam dilga yoqar Izlarimga gullar yog'ar Ko'zlarimga bu hayotni Sevgi huddi ertak aylar Buncha sirli bu lahzalar? Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Qanchalar yoqadi menga Sevinchim, yana kelsang yonimga Kel, sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen xayol bo'lib kel Intizor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel Sen dilimga, yuragimga Bir bahor bo'lib kel
  • Nima qildim senga.mehribon, Meni tashlab ketding,yiroqqa. Hamroh qilib hijron va g`amni, Mahkam bog`lab qo`yiding firoqqa. Naqorat Bugun seni sog`indim,jonim, Bag`ringga bosh qo`ydim kelodir. Aytgan shirin so`zlaring eslab Seni izlab topdim kelodir. Umr o`tar. o`tar fasslar, Shaksiz o`tgay yaxshi, yomon kun, O`tarmi bu hijon va g`amlar, Jonim,sensiz o`tgan umr-tun
  • Yulduzlar ketdi oromga Sen esa kelmayabsan Kunduzlar yetdi oqshomga Sen esa kelmayabsan Daraxtlar kirdi sariqqa Sen esa kelmayabsan Kiprigim kirdi ariqqa Sen esa kelmayabsan Meni esla, yog'ganda yomg'ir Meni esla, yog'ganida qor Meni esla, gullarga bog'im To'lganida fasli navbahor Meni esla, maktub olganda Meni esla, yolg'iz qolganda Meni esla, shirin xayollar Sevgimizni yodga solganda Bog'lar ham bo'ldi salqinroq Sen esa kelmayabsan Tog'lar ham keldi yaqinroq Sen esa kelmayabsan Qalbimga sevgi bahordir Sen nega kelmayabsan Ko'nglmni tutdi havotir Sen nega kelmayabsan Meni esla, yog'ganda yomg'ir Meni esla, yog'ganida qor Meni esla, gullarga bog'im To'lganida fasli navbahor Meni esla, maktub olganda Meni esla, yolg'iz qolganda Meni esla, shirin xayollar Sevgimizni yodga solganda Meni esla, yog'ganda yomg'ir Meni esla, yog'ganida qor Meni esla, gullarga bog'im To'lganida fasli navbahor Meni esla, maktub olganda Meni esla, yolg'iz qolganda Meni esla, shirin xayollar Sevgimizni yodga solganda
  • Quyoshli kunlar o'tar Qushlar ham uchib ketar Bizning quyoshli damlar Nahot bizni tark etar Quyoshli kunlar qaytar Qushlar ham uchib kelar Qaytarmikan o'shanda Bizni quyoshli paytlar O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. Uchrashmasak hamki, Ko'ngillar yaqin Uchrashganda jonim, Ko'zlarda chaqin Ychrashmasak hamki, dil uzib bo'lmas Uchrashganda jonim, qo'l cho'zib bo'lmas O'rtamizda sahro kezib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda daryo suzib o'tib bo'lmaydi O'rtamizda devor yo'q O'tib lekin bo'lmaydi O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi. O'rtamizda sahro... O'rtamizda daryo... O'rtamizda devor yo'q... O'rtamizda g'ubor yo'q Etib bo'lmaydi.
  • To'kiladi yo'larimga begubor go'zal gullar Yoriq olam ko'zlarimga Misli bilan so'nib borar Chunki endi dilginamda Sen o'zin borsan jonim Endi bahtlar hayotimda Yuragimda yondi sevgi Seni deb qalbim shodlanar Seni deb yuragim yonar Seni deb bahtiyorman Beguborim meni sevgim Hech kimga sen o'hshamaysan Hayotimda yagonam Necha yillar kutganim ham Izlaganim ham o'zing Sen yonimda bo'lganingda Nurga to'ladi dunyo Yolg'z meni tanlagansan Bo'lasan meni deb tanho