Узбекские песни.
Страница 75

Группа вконтакте

  • Oh, mani yoshligim, Beg`ubor beboshligim. Ko`chalarni changitib yurgan Oh, bu sho`x bola paytlarim. O, mani maktabim, Birinchi ustozlarim. Birinchi muhabbatim mani, Ko`z ochib ko`rganlarim. Hey, yoshlikdagi do`stlarim, Mening qadrdonlarim. Jonajon o`rtoqlarim, Yoshlikdagi do`stlarim. Hey, yoshligimni eslayman, Sizlar bilan bo`lsam man. O`shal beg`ubor onlar Ko`z oldimda siz bilan. Oh, o`sha damlar, O`zi uchar gilamlar. Mana endi ortga boqib, Qilar alamlar. Oh, o`sha damlar, O`tmishda qolar. Endi eslashganda Dillar quvonar. Hey, yoshlikdagi do`stlarim, Mening qadrdonlarim. Jonajon o`rtoqlarim, Yoshlikdagi do`stlarim. Yoshligimni eslayman, Sizlar bilan bo`lsam man. O`shal beg`ubor onlar Ko`z oldimda siz bilan.
  • Yuragim yig'lamoqda jonim onam Ko'zlarim yoshga to'ldi jonim onam Otamdan yodgorimsiz jonim onam Otamni sog'inayapman jonim onam Yuragim ezilmoqda jonim onam Otam humori tuti jonim onam Sog'indim sizni juda otajonim Qadringi bilnmoqda jonim otam Otajonim jon otam Siz siz o'tti ne kunlar ne dam Yuzimda kulgu ichimda alam Ota bo'ldim bugun otajonim manam Otajonim jon otam Siz siz o'tti ne kunlar ne dam Yuzimda kulgu ichimda alam Ota bo'ldim bugun otajonim manam
  • Agar hammasi bo'lganida chin Qayta ovoz chiqarmay bo'lar edim jim Yonadi ichim ko'nglim xalovati yo'qligini sababchisi kim Men ketgan edim bu rost lekin xolu jonimga qo'ymadi ichimdan ovoz O'zing o'ylagin biroz atrofda nima ahvol Ko'pchilikning dardi qog'oz Majburlamiyman albatta lekin qachon keladi navbatim Qachon kelar o'sha vaqt yetarli bo'lar naqd Qachon qilamiz tavba Mayli ketgan bo'lsamda bu sevgi kuyimas Hashamatli moshinalar hashamatli to'yasmas Qachon qurib bo'lamiz oxirgi uyimiz Qachon sevgidan emas oxiratni o'ylaymiz Faqat sevgini kuy qildik lek bu sevgi kuyimas Haqiqatni yashiramiz lek ko'zlarni o'yamiz Tinmay olishni bildik qachon qo'yishni bilamiz Aytinglarchi odamlar qachon biz ham to'yamiz
  • Yana kezaman bu ko'chalarda o'zim yolg'iz Taqdirning oldida turibmanu man ojiz Chunki sani manda olib qo'ygandi bu taqdir Qancha kurashsam ham sandan ayrildim oxir Yonimda bo'lmading kel kurashaylik desam Davomiy baxtimiz sanga kerakmas bilsam Shunchaki o'grilib qo'l siltab ketganding oson Mana bugun bu ko'chalarda yuribman sarsor Arzonmikan san uchun o'rtadagi tuyg'ular Bir zumda unutilib ketdimi ayt orzular Soxtamidi shunchalar yuzingdagi kulgular Shu savollar tunlarimni yana kunlarimga ular Senla birga o'tgan damlar bo'ldi shirin xotira Qancha urinsam ham o'chirolmasam kerak sira Bo'ldi endi kech afsuski vaqt ortga qaytmaydi Mani sog'inishini endi u aytmaydi Avvallar men sizga dunyo bo'laman deb Dardingizni yutar daryo bo'laman deb Sog'ingan chog'ingizda paydo bo'laman deb Aytgan emasmiding, aytgan emasmiding
  • Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p, Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2) Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib. Jovdirab qolarman, uni axtarib. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham, Tushunmasa hatto sevgan yorim ham. Ko`zimdagi yoshim artadi Onam, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Gohida gullarga ko`milib qoldim, Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim, Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)
  • Siz keltirib dunyoga, nima ko`rdim, onajon? Jonni tutib jafoga, gina ko`rdim, otajon. Bir qiz bo`lib silkinib, yerda yayrab yurmadim, Mehringizga intilib, oyog`imda turmadim. {x2} Oyog`imda turmadim… Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Siz ham, biz ham omonat, oy osmonda boqiydir, Qilmas sira xiyonat, quyosh nurga soqiydir. Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, otajon, Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, otajon. Yerda qolgan qushmasman, don kerakmas, onajon, Go`sht ko`rmagan tishmasman, non kerakmas, onajon. Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Qizim, degan shonimni qidirib yashayabman, Men jismimdan jonimni sidirib yashayabman. Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman, Otasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman. Ko`changizdan tobutda yulduz bo`lib o`tarman, Onasidan or qilgan-ey bir qiz bo`lib o`tarman. Otalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Onalarni oridan judo qilma, Xudoyim, Farzand bersang, mehrga gado qilma, Xudoyim. Ado qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim, Judo qilma Xudoyim, gado qilma Xudoyim.