Endi uzundan uzun tunlarga
Hamrohman, tinmay qarab
Balki, yetkazar deya so'zlarim
Turarman seni so'rab
Sen esa ketding, dilim anglamay
Sevgim dilimda qoldi
Sen-la bo'lgan bu orzularimdan
Endi mazmun yo'qoldi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni yo'qlasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Yana dilim to'lib armonlarga
Bir seni sog'inaman
Yurgan yo'limda bir seni o'ylab
Sog'inchdan ovunaman!
Atrofimda namoyon visoling
Go'yo sen yonimdasan
Sen-la yaralgan sevgim qasrida
Bilgin, tanho qolasan!
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni o'ylasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Endi ko'zlaringni sog'insam ham
Tunlar osmonimda ko'rinmaydi
Endi o'zga meni yo'qlasa ham
Yurak sen-la ketgan, u qaytmaydi
Qalbimda to'la orzularim bor, ushalar qachon?
Eng oliy orzu - meni doimo asraydigan inson!
Ishonolmadim, taqdir yuzma-yuz senga uchratdi
O'sha kun, bildim, hayot sinovga meni uzatdi
Aniq bilaman, baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda
Aniq bilaman, umid bo'lsa ham
Hayotim emas mening qo'limda
Qiynar yuragim - nedir gunohim, shuncha azoblar
Taqdirmas bo'lsang nega xayolim seni eslatar?
Armonim bo'lib ushalding orzu, bu qanday jazo?
Oxirgi so'zim - baxtiyor bo'lgin, orzu, alvido!
Aniq bilaman, baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda
Aniq bilaman, umid bo'lsa ham
Hayotim emas mening qo'limda
Aniq bilaman, baxtga yetmayman
Dardim yashaydi mening qalbimda
Aniq bilaman, umid bo'lsa ham
Hayotim emas mening qo'limda
Ovutay yuragingni men
Ovunay erkaliklar qilib
Yonma-yon...
Parvozda qanotlar
Orzularga yetaklar
Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz
Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz
Sevgimiz...
Bo'lsin abadiy
Sevgimiz abadiy
Kabutar misol birga-birga
Oppoq bulutlar birga-birga
Havas qilishar bizga-bizga
Samolar uzra birga-birga
Erkalay, ko'zlaringni yum
Erkala, mo'jizaviy bu tun
Yonma-yon...
Tiniq bu orzular
Shabnam kabi beg'ubor
Biz ikkimiz osmonlarda uchamiz
Biz ikkimiz bulutlarni quchamiz
Sevgimiz...
Shunday abadiy
Bo'lamiz abadiy
Kabutar misol birga-birga
Oppoq bulutlar birga-birga
Havas qilishar bizga-bizga
Samolar uzra birga-birga
Kabutar misol birga-birga
Oppoq bulutlar birga-birga
Havas qilishar bizga-bizga
Samolar uzra birga-birga