Песня «Seni deb»
исполнителя Lola Yuldasheva.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Tomchilab osmondan, yog'adi yomg'ir
Shirin muhabbatingsiz, yashashim og'ir
Sening hayoling ila, ko'zim ocharman
Baxtli onlarimdan, taskin toparman
Sening nigohlaring sezilar har on
Qiynashdan to'xtamaydi sog'inchli armon
Sensiz bu kunlarim go'yoki zulmat
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on
Seni deb tunu-kun, qayg'ular chekar hijron
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho
Seni deb so'rashdan, hayolim tinmas aslo
Yulduzli osmonga, termo'lib har kun
Seni esga olarman, dardliman butun
Tinmay orzularda, sen-la kezarman
O'tli nigohlaringni qalbdan sezarman
Sening nigohlaring, sezilar har on
Qiynashdan to'xtamaydi sog'inchli armon
Sensiz bu kunlarim go'yoki zulmat
Aytgin qachon tugaydi qalbimda hasrat?
Seni deb, seni deb, yuragim urar har on
Seni deb tunu-kun, qayg'ular chekar hijron
Seni deb, seni deb, seni deb yurak tanho
Seni deb so'rashdan, hayolim tinmas aslo

Другие песни исполнителя:

  • Turtkilar meni achchiq haqiqat, adolat Ne qilay, yoqimsizdur hayotda rostgo'y mehr Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? INSTRUMENTAL Yaralangan xotira ba'zida bitmas hecham Kimnidir qiynar vijdon yo armon yoki iymon Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? INSTRUMENTAL Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega? Bedor o'kinar yurak, ne uchun yoqmas ba'zida haqiqat? Dildan kuyinib, yuziga aytolsam, ko'nglimga berishar ozor Nega?
  • Koinot misoli ko'zlaringdagi nur olam Umrimning miqdori, ortayotir, ko'ngil – beg'am! Ijodimdan ustun, dilga solgan tuyg'ularing O'ylansam, xayolim uzun, jonim bo'lib, hayron etding! Tinmay yig'lar osmon, shamollar esar Negadir sen tomon, ko'zlarim talpinar Tanda og'ir darmon, harorat oshar Sensiz holim yomon! (Sensiz holim yomon!) Tinmay yig'lar osmon, shamollar esar Negadir sen tomon, ko'zlarim talpinar Tanda og'ir darmon, harorat oshar Sensiz holim yomon! (Sensiz holim yomon!) Hey, sensiz holim yomon! He-hey-hey-ey... Tinmay yig'lar osmon... Osmon, he-he-hey Osmon, hou... Osmon... Kaftimda duolar, so'raganim har dam o'zing Yuragim porlar, dardimga davo o'zing So'zla, men to'kilay kuzning xazoni singari Ishq sohillaridan toshay, sevaman deb aytsang sen meni! Tinmay yig'lar osmon, shamollar esar Negadir sen tomon, ko'zlarim talpinar Tanda og'ir darmon, harorat oshar Sensiz holim yomon! (Sensiz holim yomon!) Tinmay yig'lar osmon, shamollar esar Negadir sen tomon, ko'zlarim talpinar Tanda og'ir darmon, harorat oshar Sensiz holim yomon! (Sensiz holim yomon!) Hey, sensiz holim yomon! Tinmay yig'lar Tinmay yig'lar osmon! Ko'zlar talpinar... Negadir sen tomon Tinmay yig'lar Tinmay yig'lar osmon Sensiz holim yomon Tinmay yig'lar Tinmay yig'lar osmon Ko'zlar talpinar... Negadir sen tomon Tinmay yig'lar Tinmay yig'lar osmon Sensiz holim yomon
  • Mana o`sha kun yetib ham keldi, Tark etaman seni bugundan, maktabim. Qachon maktabni tugataman deb, Sanardim kunlarni, darslardan charchab doim. Katta bo`lishga orzuqardim men, Qadringni bilmay. Yuragim to`lib, yig`layman afsus, Bugun oxirgidir men uchun bu dars endi. Men hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab Erkaligimni, erkaligimni ko`tarding har chog`, Sodiq sirdoshimga aylanding, maktabim. Nima yaxshi-yu nima yomon deb, Hayotga o`rgatding, mehribon maktabim. Endi bilsam, bu maktab davriga Hech narsa tengmas. Qachon ulgurdi shuncha yil o`tib? Nahot, bolaligim endi hech qaytmas endi? Ustozlarim to`ymadim Bor mehringizga, Sizlarsiz, chin do`stlarim, Qanday ko`nikaman bu sog`inchga endi? Men hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab. Hech istamayman, sendan ketmayman, So`zim qaytarib olaman, maktab. Sho`x bolaligim, sen bilan birga Jon deb qaytardim bag`ringga, maktab