Песня «Birinchi Sevgim»
исполнителя Хамдам Собиров.
Скачать или слушать онлайн

Текст песни:

Qara bugun
Sevgimizga o’n yil bo’ldi
Baxtimizdan ko’rolmayin
Kimlar kuydi

Agar yana qaytib qolsam yoshligimga
Mening sevgim qaytarilmas
Bitta bo’ldi

Yodingdami o’sha
O’n yetti yoshing
Tomom qilgan
Meni uzun uzun soching

Bir chekkada turar eding
Egib boshing
Shundan beri mening
Sevgim bitta bo’ldi

Mening birinchi sevgim
Sen sen sen
Ishon so’ngi sevgim ham
Sen sen sen

O’zimni chiroyligim
Sen sen sen
Men uchganda qanotlarim
Sen sen sen

Tikanlarni bosgan izing
Gulzor bo’ldi
Atirgullar chiroyingdan
Bezor bo’ldi

Muhabbatni tushunmagan odamlarga
Mening sevgim hammasiga
Javob bo’ldi

Yoshligimda yondirardi sho’xliklaring
Uzoqlardan ko’rinardi kipriklaring
Gapirolmay titrab ketardi lablaring
Shundan beri mening sevgim bitta bo’ldi

Mening birinchi sevgim
Sen sen sen
Ishon so’ngi sevgim ham
Sen sen sen

O’zimni chiroyligim
Sen sen sen
Men uchganda qanotlarim
Sen sen sen

Zerikkanlar she’rlarimni
Ma’nosi yo’q der
Balki mendan shoir chiqmas
Foydasi yo’q der

Sen telbasan muhabbatni
Qironlardan izlagan
Kulaverar tushunmasdan
Yuraklari muzlagan

Другие песни исполнителя:

  • Dardim uzundan uzun Undan ayrildim bugun Yo'llar hammasi tugun Ajralmoqda ikki dil Ey farishtam o'zingni Oppoq qilib ko'rsatma Aybim bo'lsa yuzimga ayt Kechirmayman kechirolmayman Yuragimni olib ketdi Qiynoqlarga solib ketdi Ko'ngil sendan sovub ketdi Sevging menda qolib ketdi Yuragimni olib ketdi Qiynoqlarga solib ketdi Ko'ngilim darddan to'lib ketdi Sevging menda qolib ketdi Men sevgidan kuydim Ko'ngling o'zgada bildim Yolg'oning afsusgi sezdim O'z o'zimdan jirkanib ketdim E farishta O'zingni opoq qilib ko'rsatma Aypim bo'lsa yuzimga ayt Kechirmayman kechirolmayman Yuragimni olib ketdi Qiynoqlarga solib ketdi Ko'ngil sendan sovib ketdi Sevging menda qolib ketdi Yuragimni olib ketdi Qiynoqlarga solib ketdi Ko'ngilim darddan to'lib ketdi Sevging menda qolib ketdi
  • Menga sensiz yashash qiyin, Yuragingni olib ketay, Ko'zlaringni olib ketay. Senga mensiz yashash oson, Xayolingda qolib ketay, Yuragingda qolib ketay. Kuydirdi Lola, Lola, Lola, Qismatimda ne havola? Yuragimni endi davola, Lola, Lola, Lola. Har kuni yonimda xiyonat ko'zlari, Yurakni parchalar sotilgan yuzlari. Meni kuydirib, maqtanib yurarmish o'zlari, O'zlari, o'zlari. Qo'limda qolib ketdi sevgimiz qog'ozlari, Yodimda nozlari, so'zlari, ovozlari. Menda qoldi qish, Unda o'tmishimiz yozlari. Kuydirdi Lola, Lola, Lola, Qismatimda ne havola? Yuragimni endi davola, Lola, Lola, Lola. Музыка Menga sensiz yashash qiyin, Yuragingni olib ketay, Ko'zlaringni olib ketay. Senga mensiz yashash oson, Xayolingda qolib ketay, Yuragingda qolib ketay. Kuydirdi Lola, Lola, Lola, Qismatimda ne havola? Yuragimni endi davola, Lola, Lola, Lola.
  • Seni uzatişdi boşqaga, Körib turib, ketayabman orqaga. Könglimni söramadi heç kimsa, Aytaqol sevişingni boşqaga. Ayrilgan kunimizdan bölmadi menda halovat, Yuragimga otilgan öq, bitmayapti jarohat. Qança yana davom etar örtadagi adovat ayt, ayt? Bilmadim ne keçadi holatim, öylama faqat, Balki bizga berilgan muhabbatdan tugadi vaqt. Uyingdagilar orzusi seni baxting emas taxt, ha, ha. Yiğlayverma, körişamiz Osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda. Jimgina, kel yaşaylik Xayollarda, xayollarda, xayollarda. Örtada yöq işonç, gapir ayblaringni, Parçalangan muhabbat sen taraf, men taraf. Özingni qölga ol, endi sevgi uvol, Tuşunmasdan köngil, sen taraf, men taraf. Senga berdim savol, kutaman – yöq javob, Sinib bölgan sevgi sen taraf, men taraf. Hey, sen taraf, men taraf. Dardlarimni aytolmadim, soğinganda borolmadim, Seni baxtli qilolmadim, özimni keçirolmadim. Köz yoşlaring artolmadim, bağrimga töyib bosolmadim, Soçlaringni silolmadim, özimni keçirolmadim. Yiğlayverma, körişamiz Osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda. Jimgina, kel yaşaylik Xayollarda, xayollarda, xayollarda.