Ozoda Nursaidova.
 Слушать песни исполнителя и скачать онлайн.
Страница 2

Группа вконтакте

Ozoda Nursaidova

  • Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2) Ishqi menga kuch bergan Ojizimsan sen o`zing, Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing. Dilim qadrin bilmagan Azizimsan sen o`zing, Sen o`zing, ha, ha, sen o`zing. Sendan kechgandan ko`ra, Jondan kechmoq osondir, osondir. Shirin jonimdan shirin Yovuzimsan sen o`zing, Sen o`zing, oh, sen o`zing. Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2) Rahm qilmaysan nahot, Ne kechdi, deb dilida, Dilida, ha, ha, dilida. Kapalak ham kelib, Hol so`raydiku gulidan, Gulidan, ha, ha, gulidan. Sitamlar etsam hamki, Umidlarim o`lmadi, o`lmadi. Bir siqim cho`g` so`rayman Muhabbatning kulidan, Kulidan, ha-a, kulidan. Bevafo, bevafo, Dardlarim yengaman. Aylasang ham jafo, Oh, nechun sevaman? (x2+x4)
  • Mehr to`la dunyo, mehriboning ko`p, Mehringga hech kimsa zor bo`lib qolmas. (x2) Men uchun olamda bir zot bo`lsa bas, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Onamsiz keng hovlim g`aribdan-g`arib. Jovdirab qolarman, uni axtarib. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Ko`ksiga bosh qo`ysam, oldiga borib, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x2) Yetmay unga ohim, yetmay zorim ham, Tushunmasa hatto sevgan yorim ham. Ko`zimdagi yoshim artadi Onam, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Gohida gullarga ko`milib qoldim, Kuyladim, hammaning ko`nglini oldim. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Faqat bir narsaga men amin bo`ldim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Nochor qolganda, qo`l uzatdim o`zim, Ba’zida bilmayin yig`latdim o`zim. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Qalbimda bor mening shu bitta so`zim: Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. Onajonim… Onajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Jonajonim o`rnini hech kim bosolmas. Jonajonim o`rnini, mehribonim o`rnini, Onajonim o`rnini hech kim bosolmas. (x4)
  • Kulgichimga botib ketgan kulgularim, Kiprigimdan o`tolmagan uyqularim, Beozorim, yaralgan ohularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Sariq yaproq yuzingizning rangimidi? Hasratingiz yuragimning zangimidi? (x2) Mozoringiz men sho`rlikning bag`rimidi? Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Bermagayman sizni armon qo`llariga, Kuy bo`lasiz baxtning biyron tillariga, (x2) Yo`llagayman sizni jannat yo`llariga, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim. (x2) Orzu, orzularim, Qayg`u, qayg`ularim, Yig`layotgan, yig`layotgan orzularim, Yig`layotgan, yig`layotgan qayg`ularim. Orzu, orzularim…
  • Yot uyida yetimdayin Hayotin boshlar kelin. (x2) Qaynona yomon bo`lsa, Ko`zlarin yoshlar kelin. (x2) Oylar o`tar, yil o`tar, Kelin birdan o`tolmas, (x2) Qaynonasin qahriga-yey Kun keladi – chidolmas. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Boshlanar gap otishlar, Boshlanar gap sotishlar, (x2) O`rtada sarson kuyov, Tonggacha ters yotishlar. (x2) Kelin ham bir onaning Jondan chiqqan chashmasi, (x2) O`n ko`z bilan qarang siz-ey, Yomon emas hammasi. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Hoy kelinchak, kelinchak, Jilmayib ko`ring jindak. (x2) Qaynona ham tosh emas, Ikkingizga jon kerak. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2) Qaynonajon, qaynona, Kelin bo`lsin parvona, (x2) Gar siz qovoq uysangiz-ey, Yetti olam vayrona. (x2)
  • Qaydan bunchalik bebosh Yaralganman, bilmayman. Boshqa mayli, gohida O`zimni ham suymayman. Yonib turban cho`g` desin, Ipak bilan o`rama. Mendan go`zal qo`shiqdan Boshqasini so`rama. O`t bilan o`ynagan Devona, devonaman. Gap-so`zi tinmagan Afsona, afsonaman. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying, la-la, la-la-la. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying. Taqdir o`zi erkalab, Erka yaraldim, netay? Hech kimga o`xshamagan Telba yaraldim, netay? Yonib turban cho`g` desin, Ipak bilan o`rama. Mendan go`zal qo`shiqdan Boshqasini so`rama. O`t bilan o`ynagan Devona, devonaman. Gap-so`zi tinmagan Afsona, afsonaman. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying, la-la, la-la. Kimligim qo`ying, Qo`shiqqa to`ying. (x1+x2)
  • Yolg`onlarga ishonib, Bizdan kechib ketdingiz. Sizdan jonni ayamas Qizdan kechib ketdingiz. (x2) Bizdan kechib ketdingiz. Voy-voy begim, jon begim, Ko`nglimga sulton begim. Endi sizdan ayrilib, Yuragim vayron, begim. (x2) Jonga kuygay jonday do`st, Jonga kuymas qanday do`st? Endi yorug` olamdan Topolmaysiz manday do`st. (x2) Topolmaysiz manday do`st. Voy-voy begim, jon begim, Ko`nglimga sulton begim. Endi sizdan ayrilib, Yuragim vayron, begim. (x2) Sinab-sinab sabrimni, Sindirdingiz qalbimni. Jon do`stingiz men edim, Bilmadingiz qadrimni. (x2) Bilmadingiz qadrimni. Voy-voy begim, jon begim, Ko`nglimga sulton begim. Endi sizdan ayrilib, Yuragim vayron, begim. (x4
  • Yig'layotgan bulbul — so'layotgan gul Bu mening sevgimdir — yayramagan qul Yig'layotgan bulbul — so'layotgan gul Bu mening sevgimdir — yayramagan qul Bo'stonimda kuldir, bahorimda kul Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Bo'stonimda kuldir, bahorimda kul Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Yorimdan ayirdi yor-yor navosi Ko'z oldimdan ketmas ko'zi qarosi Yorimdan ayirdi yor-yor navosi Ko'z oldimdan ketmas ko'zi qarosi Chorasiz dardlarning shudir jazosi Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Chorasiz dardlarning shudir jazosi Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Bizni kutmayabdi visol bog'lari Ustimizdan kular hijron zog'lari Bizni kutmayabdi visol bog'lari Ustimizdan kular hijron zog'lari Ketsin bu yurakning sariq dog'lari Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Ketsin bu yurakning sariq dog'lari Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Yonimga kelinglar yordan judolar Avrasin satodan kelgan sadolar Yonimga kelinglar yordan judolar Avrasin satodan kelgan sadolar Bizdan yuz o'girib ketdi vafolar Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Bizdan yuz o'girib ketdi vafolar Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil Kel, endi bir to'yib yig'laymiz ko'ngil