Популярные узбекские песни.
Страница 60

Группа вконтакте

Pop

Pop (популярная музыка) — область массовой культуры, охватывающая различные формы, жанры и стили развлекательной и прикладной музыки
  • Umr o'qmas bir tekkisda tek Kimlarnidir hasrat yengadir Men toparman irodamni lek, Ko'rgim kelar sizni negadir Hayot ko'xna dono muallim, Sadoqatli do'st bolar o'lim Garchi sizdan ayridir yo'lim, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzli, Kun kutaman - nurafshon izli. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Goh sevgidan toshgan daryo siz, Goh mehrga tashna sahro siz. Men bilaman, siz ham tanhosiz, Ko'rgim kelar sizni negadir Muhabatda mazmun erur erk, Bir armonga har kim egadir. Siz-siz menga barcha yo'llar berk, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Ko'rgim kelar sizni... Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir.
  • Oy nuriga chayaman yuzim, Yulduzlarga ko'zgu yulduzim. Oy nuriga chayaman yuzim, Yulduzlarga ko'zgu yulduzim. Chiroyimni yaratgan o'zim Boysinni, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Chiroyimni yaratgan o'zim Boysinni, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Bag'rim dedi, baxting qo'lingda, Ammo kutma turgan yo'lingda. Mening qalbim osmonday baland, Yorim quyosh, yulduzlar farzand. Umrim to'la, shirin sharbat Boysini, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Mehnat bilan gullaringda Boysinni, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Chiroyimni yaratgan o'zim Boysinni, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan. Mehnat bilan gullaringda Boysini, Bilsam baxtimdan, bilsam baxtimdan.
  • Bargdek qo‘nadi oqshom Sahro kipriklariga, Oqshom beradi orom Gazli ko‘hliklariga, Buncha ham taranmasang, Payvandchi qiz, bir dilbar! Endi qo‘shiq istagan Dilni dilga et payvast, Endi qo‘shiq istagan Dilni dilga et payvast.
  • Masti jome vasli deb, avval meni ozor aylading, So'ngidin, hijron humorig'a giriftor aylading. Masti jome vasli deb, avval meni ozor aylading, So'nridin hijron humorig'a giriftor aylading. So'nridin hijron humorig'a giriftor aylading. Sendan umidim bu ermas, erdi keng bedor bilan, Hotiram oshuftayu ko'nglim talabgor aylading. Salsabili shavqatini istadin san shoridan. Bekajoni qaxri o'tig'a sazovor aylading. Bekajoni qaxri o'tig'a sazovor aylading.
  • Umr o'qmas bir tekkisda tek Kimlarnidir hasrat yengadir Men toparman irodamni lek, Ko'rgim kelar sizni negadir Hayot ko'xna dono muallim, Sadoqatli do'st bolar o'lim Garchi sizdan ayridir yo'lim, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzli, Kun kutaman - nurafshon izli. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Goh sevgidan toshgan daryo siz, Goh mehrga tashna sahro siz. Men bilaman, siz ham tanhosiz, Ko'rgim kelar sizni negadir Muhabatda mazmun erur erk, Bir armonga har kim egadir. Siz-siz menga barcha yo'llar berk, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Tun kutaman - oydin, yulduzlik, Kun kutaman - nurafshon izlik. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir. Ko'rgim kelar sizni... Hey, dilimni ezdi yolg'izlik, Ko'rgim kelar sizni negadir.
  • Ой юзидан нур ёғди сим, сим... Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! Ширин тушлар кўрсин севгилим, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! Биз кетсак, ер кенгайиб қолар, Осмон ҳам сал энкайиб қолар, Бир қора кўз жилмайиб қолар, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, кетдик!. Сен дилимда яшнаган гулсан, Биз биргамиз, қайда яшасак! Нимагадур сизга ёқмасак... Юр, муҳаббат, кетдик, бу ердан! Биз кетсак, ер кенгайиб қолар, Осмон ҳам сал энкайиб қолар, Бир қора кўз жилмайиб қолар, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, муҳаббат, кетдик бу ердан! На қилдим, эй, юзлари зебо, Айбим не? – деб сўрама асло, Бу дунё шундайин бевафо, Юр, кетдик! Юр, кетдик! Юр, кетдик!
  • Men dunyoni nima qildim, O'zing yorug' jahonim. O'zimga bek, O'zim sulton, Sen taxti Sulaymonim. Yolg'izim Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O'zing mening ulug'lardan Ulug'imsan... Sen Xo'jandsan Chingizlarga Darbozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakragan. Muqannasan, qorachig'i Olovlarga sachragan, Shiroqlarni ko'rgan cho'pon- Cho'lig'imsan, Vatanim. Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zing san. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim! Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin — Kurdistonda, Boburing —Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda. Tarqab ketgan to'qson olti Urug'imsan, Vatanim... Qizim desang osmonlarga G'irot bo'lib uchgayman, Chambil yurtda Alpomishga Qayliq bo'lib tushgayman, Padarkushdan pana qilib Ulug'beking quchgayman, G'ichir-g'ichir tishimdagi So'lig'imsan, Vatanim... Shodon kunim gul otgan sen, Nolon kunim yupatgan sen. Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi Onammi, Ilig'imsan, Vatanim, o'zingsan. Sen – shoxlari osmonlarga Tegib turgan chinorim, o'zingsan. Ota desam, Qizim deb, Bosh egib turgan o'zing, Ulug'imsan, Vatanim!
  • Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora Yor-yor, yor-yora, yor-yor, yor-yora O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Onasan tolar mani boshimga tushdiey Ne adolati mano sani ishqing menga yor-yoray Sani ishqing menga ado voyay O'zim o'rgiloyin shirin so'zidanay Men kamina huri mano Qora sochi o'sib borib qoshiga tushdi Men giriftorimano Seni ayrilmay meni sendin ayrimaey Men kamina qulimano O'zim aylonayin shirin so'zidaney Men kamina qulimano
  • Beqasam to'nlar kiyib, buncha mani kuydirasan Beqasam to'nlar kiyib, buncha mani kuydirasan Har zamonda bir kelib voy beajab o'ldirasan Voy beajab o'ldirasan Har zamonda bir kelib voy beajab o'ldirasan Voy beajab o'ldirasan Oq ilon, oppoq ilon oydinda yotganing qani Oq ilon, oppoq ilon oydinda yotkoning qani Men yomondan ayrilib yaxshini topkoning qani Yaxshini topkoning qani? Men yomondan ayrilib yaxshini topkoning qani Yaxshini topkoning qani? Ko'hi tog'dan keladi sharshoraning ovozi Ko'hi tog'dan keladi sharshoraning ovozi Bevafo bir yor uchun bo'ldim jahon ovorasi Bo'ldim jahon ovorasi Bevafo bir yor uchun bo'ldim jahon ovorasi Bo'ldim jahon ovorasi Yorey, dodey, yora
  • Yo'l bo'lsiney yo'l bo'lsin ey Bosgan izlaring gul bo'lsin ey Bosgan izlaring gul bo'lsin ey Yo'l bo'lsiney yo'l bo'lsin ey Bosgan izlaring gul bo'lsin ey Bosgan izlaring gul bo'lsin ey Gul esa sanga qarab, suvga qarab qayildi Bevafo yorni ko'ring ey, ko'rmayturib qayiladi Ko'rmay turib qayriladi Yo'l bo'lsiney yo'l bo'lsin ey Bosgan izlaring gul bo'lsin ey Olmaning nozikligidek ko'rinodi durdonasi Olmaning nozikligidek ko'rinor durdonasi Bargiga shabnam tushib ey voyi devonasi Yo'l bo'lsiney yo'l bo'lsin ey Bosgan izlari gul bo'lsin ey Yo'l bo'lsiney yo'l bo'lsin ey Bosgan izlari gul bo'lsin ey
  • Ey nozanin ishqing bilan devonaman oo Ey nozanin ishqing bilan devonaman oo Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulg'onaman oo Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulg'onaman oo Parelardek ochib yuzing nihol bulding e Parelardek ochib yuzing nihol bulding e Xudban xudbayo rashking kelibo qizgonamano Xudban xudbayo rashking kelibo qizgonamano Ulfatlaring, urtoqlaring, oshnolaring ooio Ulfatlaring, urtoqlaring, oshnolaring o Shum raqiblaro yul kursatiboo begonaman oo Shum raqiblaro yul kursatiboo begonaman oo Muqimiyga ochib yuzing nihol buldibngee Muqimiyga ochib yuzing nihol buldibngee Toleying yuq ajab shurlik peshonaman o Toleying yuq ajab shurlik peshonaman o Oqshomlariyo uyqim kelmayo tulgonaman oo
  • Kunlarim sensiz-u, tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz, Bir lahzalik visol bizni ovutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Tole tilab zor-zor qoldi bu qo'llar... Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik, Ikkiga ajralmay tursaydi yo'llar... Umr - shirin qo'rquv, kechmas behadik, Sog'inch sovg'a bo'ldi taqdirimizga, Bizlar birga bo'lish uchun sevmadik, Shunchaki yoqqandik bir-birimizga. Ammo g'am chekmoqlik bo'ldi-da tengsiz, Bu yurak sog'inchni kaftida tutar. Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana shuncha umr oldinda kutar. Yulduz misol yondik, oy kabi to'ldik, Biz bitta yurakka aylanib bo'ldik... Kunlarim sensizu tunlaring mensiz, Yana qancha umr oldinda kutar. Sevgi bisotida bebaho, tengsiz. Bir lahzalik visol bizni ovutar...
  • Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Qandayin san do'stimsan, Ohlar to'la ko'ksimda, Oh urib ketmassan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Suvingga qo'shib yoshimni, Qiblaga qaratib boshimni, Yotqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Men kimman, men bir yolg'izman, Suv bo'yida bir yalpizman, Oqizib ketmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Onamdek erib boqqan suv, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv? Quyoshga qarab oqqan suv, Dardimni aytgan edim-ku, Dodimga yetmaysan nega, Quyoshga qarab oqqan suv?