Песни про любовь на узбекском языке.
Страница 6

Группа вконтакте

Любовь

Любовь — это самое сильное, прекрасное чувство в мире, и прожить его надо наслаждаясь им.
  • Hammasi zo`r, hammasi yaxshi, Lekin qalbimda alamim bor: Muhabbatim – hayotim naqshi, Yolg`izimning boshqa yori bor. (x2) Shunga rozi bo`lib yashashni Qismatimga bitibdi dunyo. Ne ham derdim, kuchli bo`lishni Endi peshonamga yoz, Xudo. (x2) Kulmang, ota-onam erka qiziman, Asrab katta qilgan qaro ko`ziman. Sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Dod, sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Yolg`iz o`tar ko`pincha kunlar, Sabr qilib kutaman faqat. Rashkda yonib, kul bo`ldim tunlar, Taqdir, shunisiga ham rahmat. (x2) Yor-yor aytilmadi nomimga, Oq libosni kiya olmadim. Duo o`qilmadi baxtimga, Oydek kelin bo`la olmadim. (x2) Kulmang, ota-onam erka qiziman, Asrab katta qilgan qaro ko`ziman. Sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman. Dod, sevmoqlikda man birinchisiman, Lek yorimning ikkinchisiman.
  • Aqlim seni istar, Qalbim seni istar, Tanim seni der. Ko`zing meni istar, So`zing meni istar, Taning meni der. Kel, kel… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2) Bizning sevgimiz Tilsimlarga bisyor, Kashf etilmagan. Goh baxt, goh azobdasan, Ohsiz kitobda, Bobida aytilmagan. Hay, hay… Men dali, sen dali, Dali, dali-da, Sevaman, sevamiz jonim, ertakdagiday, Oh urib, oh urib, oh urib, oh. (x2 x2)
  • Yo‘lim tushdi bir yaxshi, bir yomonlarga, Hayronaman bunday ajib zamonlarga. Boshim olib ketay qaysi tomonlarga? Bir kami to‘lmagan dunyo. Vayronaman yorning xiyonatlaridan, Pora qalbim do‘stning jinoyatlaridan, Aqlim lol bu turfa sinoatlaridan, Bir kami to‘lmagan dunyo. Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo, Kimga dushman, kimga do‘stu-yor dunyo. Yana qanday sinovlaring bor, dunyo? Bir kami to‘lmagan dunyo. (x2) Yana ezar mening yuragimni firoq, Dil qorong‘u, yorishmaydi yoqsa chiroq. Baxt yo‘li bizdan nega buncha yiroq? Bir kami to‘lmagan dunyo. Qanot yozib, uchmoqlikka qo‘ymaydiya, To‘yib baxtni quchmoqlikka qo‘ymaydiya, Armonlarim yurak-bag‘rim tirnaydiya, Bir kami to‘lmagan dunyo. Telba dunyo, beor dunyo, tor dunyo, Kimga dushman, kimga do‘stu-yor dunyo. Yana qanday sinovlaring bor, dunyo? Bir kami to‘lmagan dunyo. (x2)
  • Qora ko`zlar mani hayron ayladi, Boqishi dardima darmon ayladi. Bu xumor ko`zlari olsa bu jonimni netay? Yorim mani nega tanho ayladi? Qora ko`zlar mani hayron ayladi, Boqishi dardima darmon ayladi. Bu xumor ko`zlari olsa bu jonimni netay? Yorim mani nega tanho ayladi? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Muhabbatim sham misoli bo`ldi ado, Ko`chalarda mashrabdayin bo`ldim gado. Afsus qilib, yuragimga izlab davo, Bilaman, bir kun qaytib kelar dilrabo. Muhabbatim sham misoli bo`ldi ado, Ko`chalarda mashrabdayin bo`ldim gado. Afsus qilib, yuragimga izlab davo, Bilaman, bir kun qaytib kelar dilrabo. Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman, Hey yor, jonimdasan. Senga parvona o`zimman, Yorning buncha ozoridaman? Yor, yor, yoningdaman…
  • Erkam seni erkalayin qochmagin Suluvsanki sirlaringni ko'p ochmagin Erkam seni erkalayin qochmagin Suluvsanki sirlaringni ko'p ochmagin Jilva bilan boqishlaring... Jonim oldi, jon oldi Kulib kiprik qoqishlaring... Yuragimga o't soldi Qizg'aldogim kel endi Yoru-jonim sen endi Komila qiz, Komila Dil figonim sen endi Qizg'aldogim kel endi Yoru-jonim sen endi Komila qiz bir umr... Dil fig'onim sen endi Erkam seni erkalayin qochmagin Suluvsanki sirlaringni ko'p ochmagin Erkam seni erkalayin qochmagin Suluvsanki sirlaringni ko'p ochmagin Binafshadek sen billur Yaralgansan mehrdan Qo'shig'im sal kechikdi Ranjimagin o'zimdan Orzu-umid qizisan Sen oq bulut qizisan Komila qiz, Komila Jonimni yolg'izisan Orzu-umid qizisan Sen oq bulut qizisan Komila qiz, Komila Jonimni yolg'izisan
  • So'rama, Hol-ahvolim anig'i dardu malomat, Qara, so'nib boradi yuzda alomat. Qilma asabimda naqdu daromad, Iltimosimga diqqatingni qarat. Balo tuzma, sharoitimni yarat, Qanaqa bemahal, ham o'sha holat, Nima bo'ladi bersang so'zga bir fursat? Xayolim arosat. Ana deding, xo'p deding, Yozda qor yog'sa deding. Kutib ado bo'ldim, Uyquga zor bo'ldim. Ko'nglingni hamon Yugurib-yurib ham topa olmadim, Imlaydi qo'shig'im. O'ynama, Ko'zlarimga qarab, qalbimni sindirma, Xazil qilsam ko'taradi deb o'ylama. Ko'ngil bergan ko'nikadi-da dema, Nozlaru nafosatingga boylama, Sevamanda foyda bilib kuydirma. Lablaringni burishtirma, yuz o'girma, Qora ko'zim o'zingdan meni ayirma, Ayirma, ayrilma. Ana deding, xo'p deding, Yozda qor yog'sa deding. Kutib ado bo'ldim, Uyquga zor bo'ldim. Ko'nglingni hamon Yugurib-yurib ham topa olmadim, Imlaydi qo'shig'im.
  • Qiblagohim, buzrukvorim siz mo'tabar jonim Dadam!!! Xayotimga ziyokorim shamsu qamal Jonim Dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Umri o'tib, mehnat bilan achchiq shirin zahmat bilan choy ichmagan, minnat bilan yuksak nazar jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Elda yurib kezib olam Kishi ko'rdim ancha menham Topolmadim lekin odam Sizdek kamtar jonim dadam Elda yurib kezib olam Kishi ko'rdim ancha menham Topolmadim lekin odam Sizdek kamtar jonim dadam Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Jonim dadam!!! Yuksak nazar, jonim dadam!!!
  • Nega mening xayolim unda? Faqat unda, nega unda? Noma’lum. Nega ko`nglim tortadi unga? Faqat unga, nega? Nega mening xayolim unda? Nega unda, faqat unda? Noma’lum. Nega ko`nglim tortadi unga? Faqat unga, nega? Nimaga? Aytgin menga osmon, savolim bepoyon, Qachon u meni ham bir bora yo`qlaydi? Aytgin menga osmon, savolim bepoyon, Hech bo`lmasa uzoqdan sado bermaydi? So`radim-u, qachon kelar deb? Sog`inaman-o. Menga nima kerak, senga nima kerak? Nega mening xayolim unda? Faqat unda, nega unda? Noma’lum. Nega ko`nglim tortadi unga? Faqat unga, nega? Nega mening xayolim unda? Nega unda, faqat unda? Noma’lum. Nega ko`nglim tortadi unga? Faqat unga, nega? Nimaga? Aytgin menga osmon, savolim bepoyon, Qachon u meni ham bir bora yo`qlaydi? Aytgin menga osmon, savolim bepoyon, Hech bo`lmasa uzoqdan sado bermaydi? So`radim-u, qachon kelar deb? Sog`inaman-o. Menga nima kerak, senga nima kerak?
  • Parizodim go'zal malagim, Orzuyimdek oppoq tilagim. Bu olamda o'zing keragim, Ko'ksimdagi uyg'oq yuragim. Parizodim go'zal malagim, Orzuyimdek oppoq tilagim. Bu olamda o'zing keragim, Ko'ksimdagi uyg'oq yuragim. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Muhabbatdan so'z ochgan chog'lar, Go'zalikka burkansa bog'lar. Poyimizga tiz cho'ksa tog'lar, Seni tog'day suysam Parizod. Yodga olsa seni bahorlar, Tarqalsalar dildan g'uborlar. Atrof bo'lsin mudom bahorlar, Seni shunday suysam Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod. Go'zal malagim - oppoq tilagim, O'zing keragim Parizod, Parizod.
  • Anglay olmam zinhor, sog`man yoki bemor, Bo`ldim dardga duchor man. Zaminmanmi samo, shohman yoki gado, Sensiz xonishi xatoman. Kechirsin bugun meni Majnun, Sen deb Majnundan telbaroqman bu kun. Yor, ko`zlaring hayotimdan ustun, Bor bo`lgin men yashashim uchun. Ya habibi, ya, ya, ya habi, Ya, ya habi, ya, ya habibi, ya. (x2) Toki tanamda jon, soyangman yonma-yon. Ortingda jim, hayronman. Sen yo`q yo`llarimda, sensiz yillarimda Qanday yashagan ekanman? Kechirsin bugun meni Majnun, Sen deb Majnundan telbaroqman bu kun. Yor, ko`zlaring hayotimdan ustun, Bor bo`lgin men yashashim uchun. Ya habibi, ya, ya, ya habi, Ya, ya habi, ya, ya habibi, ya. (x2) Ya habibi, ya, ya, habibi, Ya-a-a, ya habibi, ya, Ya habibi, ya-a-a. (x2)
  • Shoxruz(Abadiya) - Yomg'ir (Qo'shiq matni) Jonimga tegib ketdi, Ikkimizni oramizdagi, Munosabatni bekitish, Bu menga og'ir, Hurmat qilma meni, Lekin hurmati bordur, G'ururimni yeg'lama, Bo'ldi endi gapir ??? Kamsitar eding meni, Kamchiligimga hatto, Begonalarning oldida, Bilsang aybim seni, Uchratib sevib ko'ngil, Qo'yganim edi aslida, Qancha hiyonat qilding, Oyoq qo'yib yuzimga, Men esa berkitaverardim, Do'stlarimdan. Oxir oqibat haqiqatdan, Yuz burdim, Sen arazingni deb, Men ahmoq yolg'onga. Qiynalib tunlari o'ylardim, Ne rejalar bor yana deb, Sen bevafoni aqlida, Shu payt kimlar bilan, Nelarda so'zlasharding, Javob bermay qo'ng'iroqlarimga, NAQOROT: Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Mana endi hammasi yaxshi, Meni hayotimda, Sen esa yolg'iz qolding, Bu menga og'ir. Vafoli yor yonimda, ko'nglim senda bo'lsa ham, Afsus hamon yuragimni, Tirnaydi yomg'ir, Chunki seni uchratgan, o'sha qora kunda, Yog'ib yomg'ir seni, Sevib qolishimga, Sabab bo'ldi nelardir O'sha yomg'ir o'sha yomg'ir. Tinch qo'ygin endi meni, Sen bilan yetolmagan baxtimga yetishimda, Hammasi men uchun qolib ketdi, o'sha qora baxtsiz azobi uzun o'tmishimda. Yana dardlarimni aytaman, Meni aldagan bu maftunkor yomg'irlarga, Baxtimga to'g'anoq bo'lma, Bezovta qilib meni vafoli yorim oldida. NAQOROT: Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay, Yomg'ir, yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir, yomg'ir yomg'ir yana yomg'ir, Yog'adi tinmay dardlarim bilmay, Yomg'ir eslatib seni yog'adi tinmay,
  • Shohruhxon-Ey sabo(qo'shiq matni) Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Hey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt Men o'lub, el jon topar bebok notovonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ko'zu zulfungdan necha mastu parishoning bo'lay, Kim, quyundek sadqayi sarvi xiromoning bo'lay. To boshimga evlalurga gardi maydoning bo'lay. Necha, jono, mubtaloyi dog'i hijroning bo'lay. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?! Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt, Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt. Qoshi yosinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin Bu qattiq dardlar aro vasli davosinmi deyin?! Ko'zi qahrinmu deyin, kirpiki zahrinmu deyin, Jonim har bir oning javru jafosinmi deyin?!
  • Qo`shiqlarim, havolarim yoritish uchun Tomda turib, gul terdim dildorim uchun Baxt istardim, unda ko`ngil bor uchun O nigorim bir boqmading, nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim Sen uchun, jonimni beraman Sen uchun, faqat sen uchun (faqat sen uchun) Nigorim, bir boqmading nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim Orzu qilip, oychexrasi mohimda U payqamas, yor istamis sohimda Unitolma, isht ko`kilda shohimda O nigorim bir boqmading, nigori Uzildiku dildorim, mening dildorim Sen uchun, jonimni beraman Sen uchun, faqat sen uchun (faqat sen uchun) Nigorim, bir boqmading nigorim Uzildiku dildorim, mening dildorim
  • Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman! O‘zimdan ehtimol seni asradim, Bildimki, men bilan baxting kulmagay. Yig‘lasang, dilimga sig‘mas hasratim, Senga muhtojligimni aytolmadim. Yulduzim, kechir meni, yulduzim, Ko‘zlaring kulsa ham, baxting kulmadi. O‘zimga mahliyo bo‘ldim men o‘zim, Ko‘nglingni olishga vaqtim bo‘lmadi. Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman! Seni sevaman, deb men aldamadim, Jonim, aldamadim, jonim, aldamadim. Yonimga qayt, aldamadim, yorim aldamadim, Hey aldamadim, seni sevaman!.
  • Qishlar ham o`tdi, sendan esa darak yo`q, Bahoru yozlar o`tdi, sendan darak yo`q, Xazonlar to`kildi kuzda, darak yo`q. Oradan qancha yillar o`tdi, xabar yo`q, Sen ketgan kundan beri menda orom yo`q, Charchadim, sensizlikka malham yo`q. Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman? O`zimni balki shu bilan ovutaman! Bilmayman, endi sensiz netaman? Sog`inchimga aslo qarshi borolmayman, Unutay deyman-u, lek unutolmayman, Tinmayman, seni yana kutaman. Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing, O mani dardim, dardim, dardim sen o`zing. Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing, O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing. Senga aytolmagan hali so`zlarim bor, Bir ozga bo`lsa ham yo`qlasayding bir bor, Quchardim, rozi edim so`nggi bor. Xayr demay ketding, senga to`yolmadim, Vidolashishga ham aslo ulgurmadim, Bilmadim, sendan o`zga demadim, demadim. Balki hali ham kech emasdir, ber sado, Paydo bo`lsang, quvonchdan bo`laman ado, Ketmasdim yoningdan bir zum aslo, hech aslo. Telbaga aylanmoqdaman men tobora, Ko`zlarim seni izlash bilan ovora, Dardimga topolmadim bir chora. Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing, Yuragim dardi, dardi, dardi sen o`zing. Xayolimda sen o`zing, yuragimda sen o`zing, O mani dardim, dardim, dardim o`zing, faqat o`zing. Senga utloza qilsam, sendan darak yo`q, Ko`z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo`q…
  • Davomiy qo`ng`iroqlarim javobsiz Nega, ou, nega? Sog`inganimni yo`llamoqchi edim Senga, senga. Devonaman, hayronaman, Ishqingda yonaman, yonaman. So`ginaman, talpinaman, O`zimdan tonaman, yonaman. Allo, allo, Javob bermaysan nega? Allo, allo, Nega indamaysan, yonasan. Umrimning davomi faqat sen bilan Bog`liq, bog`liq. Agar javob bermasang, yuragimda Og`riq, og`riq. Devonaman, hayronaman, Ishqingda yonaman, yonaman. So`ginaman, talpinaman, O`zimdan tonaman, yonaman. Allo, allo, Javob bermaysan nega? (wow-wow) Allo, allo, Nega indamaysan, yonasan. Allo, allo, Javob bermaysan nega? (wow-wow) Allo, allo, Nega indamaysan, yonasan. Yonasan, Javob bermaysan. Yonasan, yonasan, Ishqingda yonaman. Allo…
  • Ajdodlarim yurti, muborak tuproq, Sog`inchim, tayanchim, jonim, jahonim. Men seni sevarman har nedan ko`proq, Onamdek mehribon O`zbekistonim. Ne baxtki, tug`ildim farzanding bo`lib, Bag`ringda yasharman, yo`qdir armonim. Sharqning oftobidek turibsan kulib, Onamdek mehribon O`zbekistonim. O`zbekiston, hur o`lkam mening, Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening. Har kuni o`zingga baxtlar tilayman, Buyuk, tanho diyorim mening. Bepoyon dunyoda hur O`zbekiston, Zo`rlarni yenga olgan zo`r O`zbekiston. Sen tomon tikilgan ko`zlar qamashsin, Quyoshdek porlagin, nur O`zbekiston. Bag`ringda baxtiyor o`gil-qizing bor, Olamga tik qara, yorug` yuzing bor. Avlodlar kuylasin, qilsin iftixor, Asrlar bag`rida o`chmas izing bor. O`zbekiston, hur o`lkam mening, Fido bo`lsin senga jon-u tanim mening. Har kuni o`zingga baxtlar tilayman,Buyuk, tanho diyorim mening. Buyuk, tanho O`zbekistonim!
  • Ayni bahor chog`ida, Sevishganlar faslida O`rin olding behos ko`ngildan. Qanday bilmayman, birdan, Hammasi bu taqdirdan, Kamina juda mamnun bundan. Aldaydi deb oylama, Sho`xligimga qarama, Seni shunchaki men sevaman. Ko`zlaringdan sezaman, Sen ham meni sevasan, Lekin nega hech aytolmaysan? Ayamay sendan sevgim, Ayamay tuyg`ularim, Ayamay sendan mehrim, Ayamay muhabbatim. Ayamay sendan sevgim, Ayamay tuyg`ularim, Ayamay sendan sevgim, Ayamay muhabbatim. Osmonlarga qarayman, Yana seni eslayman, Sen ham eslaysanmu, bilmayman. Takror yana aytaman Va hech kimga bermayman, Chunki seni juda sevaman. Aldaydi deb oylama, Sho`xligimga qarama, Seni shunchaki men sevaman. Ko`zlaringdan sezaman, Sen ham meni sevasan, Lekin nega hech aytolmaysan? Ayamay sendan sevgim, Ayamay tuyg`ularim, Ayamay sendan mehrim, Ayamay muhabbatim. Ayamay sendan sevgim, Ayamay tuyg`ularim, Ayamay sendan sevgim, Ayamay muhabbatim.
  • Nur sochadi orzularim Yaxshilikni ko'zlayman Tuziladi rejalarim Maqsadimni ovlayman Kezaman-kezaman tinmasman Sening mamnun ko'zlaringni sog'indim! Yonaman-yonaman bitmasman Erkalagan so'zlaringni sog'indim! Manzillar, ho-ho-ho Yorug' shaharlar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman Manzillar, ho-ho-ho Bepoyon yo'llar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman Senga aytar dardim ko'pdur Yuragimni yer alam Qadamim yaqin-yiroqdur Bunchalar keng bu olam! Kezaman-kezaman tinmasman Sening mamnun ko'zlaringni sog'indim! Yonaman-yonaman bitmasman Erkalagan so'zlaringni sog'indim! Manzillar, ho-ho-ho Yorug' shaharlar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman Manzillar, ho-ho-ho Bepoyon yo'llar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman Manzillar... Bepoyon yo'llar... Manzillar, ho-ho-ho Yorug' shaharlar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman Manzillar, ho-ho-ho Bepoyon yo'llar, he-he-he Yo'qlab kelarman Senga yaqinman
  • Sevgilim, dilsizlar dillarimizni Toshbo`ron qilsalar, vayron qilsalar, Tikanlar qoplasa yo`llarimizni, Sen achchiq yig`lasang, ular kulsalar… Sevgilim, sevgini sevmagan bilmas ekanda, Yo`llarida gullar emas, tikanda. Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda, Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi. Sevgini sevmagan bilmas ekanda, Yo`llarida gullar emas, tikanda. Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda, Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi. Sevgilim, ko`zlaring ma’yus, ranjidi bekor, Dilsizlar sevgimizni qildilar-ku xor. Ko`zlaring kulardi, bor edi quvonch, Lekin ko`zlaringda qolmadi ishonch. Sevgilim, sevgini sevmagan bilmas ekanda, Yo`llarida gullar emas, tikanda. Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda, Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi. Sevgini sevmagan bilmas ekanda, Yo`llarida gullar emas, tikanda. Oshiq qalbin sevmaganlar bilganda, Armon bo`lmasdi, sarson bo`lmasdi.